Messi "Barsa"ga koronavirus uchun test topshirgani kelmadi. Leoning yoshgina muxlisi esa uni kutdi va yig'lab yubordi
31 avg 2020 11:54
Yangiliklar
Messi "Barsa"ga koronavirus uchun test topshirgani kelmadi. Leoning yoshgina muxlisi esa uni kutdi va yig'lab yubordi
Lionel Messi yakshanba kuni ertalab "Barselona" mashg'ulot bazasiga COVID-19 uchun test topshirishga kelishi kerak edi. Argentinalik esa kelmadi.
CHorrahada esa Leoni uning libosini kiyib o'tirgan yosh muxlisi kutib turardi. Bola kumiri bilan uchrashish uchun uzoq kutib o'tirdi va yig'lab yubordi. Serji Buskets va boshqa top darajadagi futbolchilar o'tib ketishdi - ammo, Messi emas.
Bolakay Leoni Ciutat Esportiva atrofida izlagan yagona muxlis emas edi - o'nlab insonlar afsonani kutib o'tirishardi.
Eslatib o'tamiz, Messi ikkinchi bor "Barsa"dan tortishuvlarsiz shartnomani bekor qilishni so'radi. RAC1 radiostanciyasining xabariga ko'ra, argentinalik futbolchi byurofaks orqali "Barsa" bilan shartnoma avtomatik tarzda bekor qilinishini bildirgan. SHu sabab Messi koronavirus uchun testga kelmadi. SHuningdek u mashg'ultolarda ham bo'lmaydi.
Fikrlar