So’nggi yangiliklar

00:55Президент қарори билан Каттақўрғон шаҳрида футбол академияси қурилади  1 00:24Ироқ. Шерзод Темировнинг ягона голи "Арбил" клубига ғалаба тақдим этди. Футболчи ажойиб натижа қайд этмоқда  7 00:15Яйпанга катта футболни қайтариш ҳаракатлари бошланди  2 23:47Луис де ла Фуэнте: "Месси ва Роналду фаолиятини якунламасликлари керак"  0 23:18"Барселона", "Интер" ва "Боруссия" "Хайдук"нинг 18 ёшли ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  0 22:30"Челси" яқин келажакда натижалар яхшиланмаса, Марескани истеъфога чиқариши мумкин  3 21:56Роберто Ди Маттео мураббийлик фаолияти тиклаш ҳақидаги саволга жавоб берди  1 21:31Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди  15 20:55"Барселона" гол уриш бўйича рекорд ўрнатди  0 20:39Килиан Мбаппе Испания Суперкубоги финалида ўйнаши мумкин  0 19:49"Реал" марокашлик футболчиси билан 2030 йилгача бўлган битим имзолайди  2 19:35"Олимпик" ўйинчиларига маошининг ярмидан воз кечиш таклиф қилинмоқда  5 18:49Мбаппе жароҳат олди  7 18:37Жейми Каррагер: "Жезус Дьокерешдан яхшироқ, бу факт"  6 17:51Орлов замонавий шарҳловчилар ҳақида: "Нотўғри урғулар қулоққа ғалати эшитилади. Баъзида ўйиндан жуда катта чалғишлар бўлади. Эфирда кераксиз сўзлар кўп бўлмаслиги керак"  7

"Men aralashaman, faqat nima desam shu bo'ladi" dedim" – Jahongir Ortiqxo'jaev "Paxtakor" ichida sabotaj bo'lgani va jamoadan ketmoqchi bo'lgani haqida Yangiliklar

"Men aralashaman, faqat nima desam shu bo'ladi" dedim" – Jahongir Ortiqxo'jaev "Paxtakor" ichida sabotaj bo'lgani va jamoadan ketmoqchi bo'lgani haqida

"Lolazor" podkastida "Paxtakor" klubi prezidenti Jahongir Ortiqxo'jaev o'tgan mavsum oxirida jamoa ichida sabotaj bo'lgani haqida gapirdi.

"Kuz faslida 5-6 nafar futbolchi jamoada "sabotaj" qildi. Ëshi katta futbolchilar. Ular chempion bo'laverib charchab ketishgan. O'yinni "tashlab" yuborishdi. Keyin yoshlarni chaqirdim. Keyin "men charchadim, futbol bilan boshqa shug'ullanmayman, o'zimni ishimni qilib yuraman", dedim.

SHundan so'ng 200 nafarga yaqin muxlis uyimga keldi. Ular uyimga kelib, o'tirib oldi desam ham xato qilmagan bo'laman. SHunday muxlislar bor ekanki, dodlab yig'laydigan, hayoti futbolda o'tgan", – dedi u.

Tadbirkor uyidan chiqqanida muxlislar to'planib turgani, ular yig'lab, "yarim yo'lda tashlab ketmang", deyishganini esladi.

"Keyin aytdim, "men aralashaman, faqat nima desam shu bo'ladi," dedim. Avval hech ichki ishlariga aralashmasdim. Rozi bo'lishdi. Keyin esa Maksim SHackixni chaqirdim, kechasi 23:30 da. Yana Diyor Holmatovni chaqirdim. "Diyor, sen keyingi o'yinda jamoa sardori bo'lasan" dedim. Oyoqlari titrab ketdi, yosh yigitcha o'zi. "Hamma chempionlikdan to'yib ketganlarni oilasi bilan tribunada o'tirishsin, yoshlarni o'ynashini ko'rishsin, so'kish eshitsa ham, shular eshitsin", dedim.

3 kundan so'ng o'yin bo'ldi, Diyor jamoa sardori. Hojimat Erkinov, SHahzod Azmiddinov va yana ikkinchi jamoadan futbolchilarni chaqirdim. O'sha o'yinda (gap 20 oktyabr kuni bo'lib o'tgan "Turon" bilan o'yin haqida ketmoqda – tahr.) 3:0 ga yutishdi. Keyingi o'yinda 1:0 ga yutdi. Uchta o'yin ketma-ket yutdi.

Keyin o'sha yoshi kattalarni olib chiqib, "ko'rdinglarmi, senlarsiz ham qilolaman, senlar xoinlik qildilaring", dedim. Keyin o'ziga kelib, oxirgi o'yinlarda yaxshi o'ynab chempion bo'lishdi. SHundan so'ng futbolga qiziqib ketdim", – deydi Jahongir Ortiqxo'jaev.

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика