Meksikalik futbolchi 60 metrdan gol urdi
12 mar 23:43
Yangiliklar
Meksikalik futbolchi 60 metrdan gol urdi
Argentina Nasional Premer-ligasi 6-turidan o'rin olgan "Gimnaziya Xuxuy" - "Oll Boyz" uchrashuvida ajoyib gol urildi.
O'yindagi yagona golga mehmonlarning meksikalik hujumchisi Aleksis Vega mualliflik qildi.
26 yoshli futbolchi o'z yarim maydonida to'p uchun kurashda yutib chiqdi va raqib darvozabonining oldinga chiqib ketganidan unumli foydalanib, chamasi 60 metr masofadan darvozaga to'p kiritdi.
Fikrlar