"Meksika bilan o'yinga qo'rquv ostida chiqqanmiz" - Messi JCH-2022 dagi eng qiyin pallani esladi
25 fev 17:14
Yangiliklar
"Meksika bilan o'yinga qo'rquv ostida chiqqanmiz" - Messi JCH-2022 dagi eng qiyin pallani esladi
Qo'rquv va bosim:
Messi 2006 yilgi mundial va 2022 yilgi turnirdagi Meksikaga qarshi o'yinlarni taqqoslar ekan, Qatardagi bosim dahshatli bo'lganini yashirmadi:
"Menga 2006 yilga qaraganda ancha qiyin bo'ldi, chunki bosim umuman boshqacha edi. Agar g'alaba qozonmasak, musobaqadan deyarli chiqib ketardik. Ushbu o'yinga qo'rquv bilan chiqqanmiz, chunki ongostimizda nimalarni boshdan kechirganimizni o'ylardik. Mag'lub bo'lishdan va keyingi bosqichga o'ta olmaslikdan qo'rqqanmiz".
Hal qiluvchi burilish va xalos bo'lish:
Leoning so'zlariga ko'ra, aynan Meksika darvozasiga urilgan gol jamoaga ruhiy erkinlik bergan:
"Goldan keyin xotirjam tortdik, o'zimizni erkin his qildik. Bu hamma uchun o'ziga xos xalos bo'lish edi. Biz yana boshlang'ich nuqtaga qaytdik va o'z taqdirimizni o'zimiz nazorat qila boshladik. Saudiya Arabistoni bilan o'yin biz uchun hech narsani o'zgartirmasligi kerak edi, lekin miya sen bilan yomon hazil qiladi. Yutishimiz mumkin, lekin yutqazsak chiqib ketamiz, degan o'y bor edi".
Emiliano Martinesning seyvi va jamoaviy kuch:
Messi darvozabonning muhim seyvlari va jamoaning keyingi yo'liga ham to'xtalib o'tdi:
"Dibu (Emiliano Martines) qaytargan jarima zarbasini ko'rganimda... O'sha lahzada: "Agar bu gol bo'lsa, tamommiz. Buni qanday engib o'tamiz?" deb o'ylaysan. Bunday paytda kayfiyat juda muhim.
Bu vaziyatlar bizni juda kuchli qildi. Turnir davomida Niderlandiya yoki Franciya bilan o'yinlarda qulab tushishimiz mumkin bo'lgan 500 ta holat bo'ldi, lekin biz jamoa sifatida mustahkam edik. Meksika bilan o'yin biz uchun hal qiluvchi bo'ldi, aynan o'shanda bizga eng qiyin bo'lgan edi", — dedi Messi.
Eslatib o'tamiz, aynan shu og'ir yo'ldan so'ng Argentina terma jamoasi o'z tarixida uchinchi bor Jahon kubogini boshi uzra baland ko'targan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar
Франция терма жамоаси устози Дидье Дешам 2022 йилда бўлиб ўтган Жаҳон чемпионатидаги Аргентина терма жамоасининг ғалабаси ҳақида гапирди.
"Мен Аргентина терма жамоаси ЖЧ-2022ни ҳакамларнинг ёрдами билан ютган дейдиган одамларга умуман тушунмайман. Улар мундиалда 15та гол урган ва улардан фақатгина 4тасини пенальтидан киритган. Уларнинг Саудия Арабистонига қарши ўйинда 3та голи бекор қилинди. Нидерландияга қарши ўйинда эса ортиқча вақт қўшиб берилиши ва шубҳали жарима зарбасига ҳам гувоҳ бўлганмиз. Финалда эса ҳамма нарса адолатли бўлди. Биз уларни ҳақли ғалаба билан табриклаганмиз", - деди французлар устози.
Маълумот учун, даҳшатли финалда Аргентина терма жамоаси Францияни пенальтилар сериясида мағлуб этган эди.
Қани анави Хожакбар, бир ўқисин ёши котта мияси кичкина.
Yosh bolaga oʻxshaysilarey
Van Gaalning fikri shundan iboratki:
U Argentina jamoasi va Lionel Messi jahon chempionligini qo‘lga kiritishini oddiy natija deb hisoblamaydi — balki bu «avvaldan rejalashtirilgan o‘yin» bo‘lgan deb aytgan. Van Gaal shunga asoslanib, yarim finalda Niderlandiyani mag‘lub etgan o‘yinda (2:2, penaltilar bilan 4:3) argentinaliklar tarafida adolatli qarorlar qabul qilinmaganini va bu Messi jahon chempioni bo‘lishi kerak edi degan fikr borligini bildirgan.
U hatto shunday degan: “Argentina qanday gollar urganini va biz qanday gol urganimizni ko‘rsangiz, argentinalik futbolchilar chiziqni kesib o‘tgan, ammo jazolanmagan. Menimcha, hammasi oldindan rejalashtirilgan edi… Messi jahon chempioni bo‘lishi kerak edi.”
Bu xam bir fikirda shunga uxshash.
Bu fact!
Portugaliya aynan Ronaldu davrida qolga kiritgan sovrinlarini inkor etolasanmi? xD
Messi "biz" deganda, umuman FiFani kumagini nazarda tutyabdi.
IQ yetmayabdimi? ))))
Bu fact!
Portugaliya aynan Ronaldu davrida qolga kiritgan sovrinlarini inkor etolasanmi? xD
Messi "biz" deganda, umuman FiFani kumagini nazarda tutyabdi.
IQ yetmayabdimi? ))))
Uni juda yaxshi bilasiz, fanatdoshiz bulsa xam.