"Maynu Angliyaning keyingi o'yinida asosiy tarkibda bo'lishiga ishonchim komil"
26 iyu 2024 15:57
Yangiliklar
"Maynu Angliyaning keyingi o'yinida asosiy tarkibda bo'lishiga ishonchim komil"
Evropa chempionatida 3-tur bellashuvlari davom ettirilmoqda.
Kecha "S" guruhi doirasida Angliya terma jamoasi Sloveniya bilan 0:0 hisobida durang o'ynadi va guruhdan birinchi o'rin bilan chiqdi.
Ana shu uchrashuvda MYU yarim himoyachisi Kobbi Maynu 46-daqiqada Konor Gallaxerning o'rniga maydonga tushdi va juda yaxshi o'yin o'tkazdi. Bahs yakunlangandan so'ng Angliya terma jamoasi sobiq o'yinchisi Gari Nevill Maynu haqida fikrlarini bildirib o'tdi.
"Ishonchim komil, Kobbi Maynu keyingi o'yinda asosiy tarkibda tushadi. Terma jamoaga bizni o'ynashga majbur qiladigan kimdir kerakligi ko'rinib turibdi va bu aynan Maynu".

O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Fikrlar