So’nggi yangiliklar

00:55"Манчестер Юнайтед" ва "Челси" "Ланс" ярим ҳимоячиси учун курашади  0 00:39Англия лига кубоги. ​"Кардифф Сити" – "Челси". Таркиблар маълум  1 00:31Каннаваро, Шомуродов ва Файзиев The Best соврини учун кимга овоз беришди?  5 00:18"Барселона"нинг Испания Кубогидаги учрашуви ярим соатга кечиктирилди  0 00:06Испания кубоги. "Гвадалахара" – "Барселона": Тер Штеген бу мавсумдаги илк ўйинида майдонга тушади  0 23:57"У баскетболчими?" – Рафиньянинг рафиқаси ФИФАни танқид қилди  9 23:35Расман: "Динамо" франциялик ҳимоячи билан шартнома имзолади. Унинг охирги клуби – "Аяччо"  9 23:12Дембеле, Ямал, Беллингем, Пальмер – ФИФА 2025 йилги рамзий терма жамоани эълон қилди  5 22:44Усмон Дембеле ФИФА талқинига кўра йилнинг энг яхши футболчиси деб топилди!  9 22:33The Best: Луис Энрике ФИФА талқинига кўра йил мураббийи деб топилди  2 22:14Сауль: "Реал"нинг мухлислари йўқ. Стадионга борсангиз, ҳеч нарсани ҳис қилмайсиз"  8 21:27Акмал Мозговой Жаҳон чемпионатидаги рақиблар, "Насаф"нинг Элит ОЧЛдаги иштироки ва "Банияс" ҳақида гапирди  0 20:55Мусиала 164 кундан сўнг "Бавария"нинг умумий гуруҳида машғулотларида қатнашди  3 20:25Расман: "Аякс" июль ойидан бери клубсиз бўлган "Арсенал" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзолади  1 19:58Мирзаҳаким Тўхтамирзаев "Интерфутбол" кўрсатувининг яралиш тарихи ҳақида сўзлаб берди  4

"Maxaradze ishi"da o'zbekistonlik futbolchi bormi? Yangiliklar

"Maxaradze ishi"da o'zbekistonlik futbolchi bormi?

Totalizator mavzusidagi xabar OAVga sizdirilganiga 96 soat bo'ldi.

Hamma yakuniy xulosalarni intizorlik bilan kutyapti. Oldin aytilganidek, bu juda nozik mavzu. SHoshmaslik, masullarni ham shoshirmaslik kerak. Biz esa siz uchun hech qaerda aytilmagan tafsilotlarni qidiryapmiz. 

Buguncha "Loko"ga yaqin manbalardan olingan 2 ta yangi malumot bilan o'rtoqlashamiz. 

1) "Temiryo'lchilar" atrofidagi voqealar avvaldan o'rganilayotgani haqida aytgandik. Totalizatorga aralashish uchun moyillik legionerlarda ko'proq bo'ladi. SHu tufayli oldingi chiziqda juda qulay imkoniyatlardan foydalana olmayotgan Jerom Etame ("Yangier"dan kelgan) hamda markaziy himoyada qo'pol xatolarga yo'l qo'ygan Samuel Opex ("Oqtepa"dan o'tgan) shubha ostiga olingan edi (buni shtabda ishlagan murabbiylardan biri tasdiqladi). 

Ammo o'rganishlar natijasida jamoaning afrikalik legionerlari 100% toza ekani va bukmeykerlik ishlariga aloqasi yo'qligi aniqlangan (shu qorako'zlar uchun xursandmiz).

2) Ishning ichida o'zbekistonlik futbolchi ham bor ekan. Hozircha uning shaxsi, qaysi jamoada to'p tepishi haqida aniq malumot aytolmaymiz... 

Xulosa: Kaxi bilan birgalikda mahalliy futbolchilardan biri obdon o'rganilayotgani aniq. Demak, mazkur ish ko'pchilik o'ylaganidek 1 kishi bilan yopilib ketmasa kerak. Ozgina sabr va bunga guvoh bo'lasiz. Biz mavzu bo'yicha yangi tafsilotlarni qidirishda davom etamiz. Championat.asia'dan uzoqlashmang!

Muallifning telegramdagi kanali → FR| futbol ANALIZI

Muallif :
Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика