Mavsumning eng yaxshi futbolchisi sovrini uchun kurashda 55 kishining 40 nafari Ronalduga ovoz berdi
26 avg 2016 12:29
Yangiliklar
Mavsumning eng yaxshi futbolchisi sovrini uchun kurashda 55 kishining 40 nafari Ronalduga ovoz berdi
UEFA mavsumning eng yaxshi futbolchisi uchun ovoz berish natijalarini elon qildi.
Evropada mavsumning eng yaxshi futbolchisi sovrinini "Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu qo'lga kiritdi.
55 nafar hakamning 40 nafari "Qirollik klubi" hujumchisi uchun ovoz bergan. "Atletiko" futbolchisi Antuan Grizmann 8 ta, "Real" yarim himoyachisi Garet Beyl esa 7 ta ovozga ega bo'lishdi.
Hakamlar UEFAga azo 55 mamlakatdan tanlandi (har bir mamlakatdan bir nafar). Hakamlar faqat jurnalistlardan iborat edi. Jurnalistlar maxsus elektron tizim orqali jonli efirda ovoz berishdi.
Fikrlar