So’nggi yangiliklar

21:54"Манчестер Сити"га "Борнмут" футболчиси керак  0 21:47Al Ain Cup. Ўзбекистон – Миср 2:0 (матнли трансляция)  225 21:40Луис де ла Фуэнте: "Ямал борасида ҳавотир олмасангиз ҳам бўлади"  0 21:20Вернер қаерга боради?  0 20:58Карло Анчелотти 40 ёшли Модричнинг "Милан"да ўйнаётгани ҳақида гапирди  0 20:18МЛСда тизим ўзгармоқда: "Бу янги эранинг бошланиши бўлади"  0 19:54"Байер" асосий футболчиси "Бавария" кузатуви остида  0 19:10Райс, Ямаль, Дейола... "Пушкаш" мукофоти учун номзодлар эълон қилинди  4 18:44Рафинья "Олтин тўп"ни қўлдан бой бергани ҳақида гапирди  6 18:18Япония Ганани, Корея эса Боливияни доғда қолдирди  1 17:55Хорватиялик футболчи касбини ўзгартиради: у Ўзбекистонга қарши ўйин олдидан сартарошлик қилди  2 17:32Мбаппе Франция терма жамоаси ихтиёрини тарк этди  0 17:15U-19 чемпионати. "Пахтакор" Тошкент дербисида зафар қучиб, финалга йўл олди  2 17:07Леон Якирович: "Ўзбекистон сифатли ўйин кўрсатади, лекин натижа ўзимизга боғлиқ"  3 16:40Андрия Буркар: "Ўз ўйинимизни намойиш этсак, Ўзбекистонни қийин аҳволга тушириб қўямиз"  9

Mavsum yakunida "Paxtakor" - "Bunyodkor" o'zaro 4 marotaba o'ynaydi. Qanday qilib? Yangiliklar

Mavsum yakunida "Paxtakor" - "Bunyodkor" o'zaro 4 marotaba o'ynaydi. Qanday qilib?

2021 yilgi futbol mavsumi poyoniga etay, deb qoldi. O'zPFL tomonidan o'tkazib kelinayotgan musobaqalar ham ayni avj nuqtasida.

Oktyabr oyida Birinchi liga bahslari tugagan bo'lsa, bugun yangi formatda o'tkazilgan  U-18 chempionati ham finish marrasiga etib keldi. Oldinda esa U-16, U-21, Superliga va O'zbekiston kubogining hal qiluvchi uchrashuvlari qoldi. Mana shu 4ta musobaqaga nazar tashlay turib qiziq holatga duch keldik. Toshkentning ikki jamoasi "Bunyodkor" - "Paxtakor" shu oyning o'zida 4 marotaba bir-biri bilan to'qnash keladi. 

U-16 chempionati. Yarim final. "Bunyodkor" - "Paxtakor". 

19.11.2021. 14:00. "CHig'atoy" maydoni.

Joriy yilda O'zPFL bayrog'i ostida ilk bor tashkil etilgan U-16 chempionati qiziqarli va shiddatli kechmoqda. Kecha mazkur turnirning yarim final bosqichiga qura tashlandi. Qura yakunlariga ko'ra ikkinchi juftlikda "Bunyodkor" - "Paxtakor" jamolari o'rin oldi. Bu o'yin g'olibi "Nasaf" - "Andijon" g'olibiga qarshi maydonga chiqadi. 

U-21 chempionati. 26-tur. "Bunyodkor" - "Paxtakor". 

26.11.2021. "Bunyodkor" akademiyasi maydoni. 

O'zbekiston U-21 chempionatining so'nggi turida "Bunyodkor" - "Paxtakor" jamoalarining o'rinbosarlari kuch sinashadi. Ayni paytda 24-turdan so'ng turnir jadvalida intriga qizg'in ko'rinish olgan. "Nasaf" U-21, "Paxtakor" U-21, "Mashal" U-21, "Bunyodkor" U-21 bir xil 41 ochkodan jamg'arishgan. Kumush va bronza medallari yo'lida kurash so'nggi turga qadar davom etishi shubhasiz. SHu bois oxirgi o'yindagi kichik Toshkent derbisi murosasiz o'tadi, deya olamiz. Birinchi davrada "Qibray"da o'tgan bahsda 2:2 hisobida qayd etilgan edi. 

O'zbekiston kubogi. Yarim final. "Paxtakor" - "Bunyodkor". 

24.11.2021. 17:30, "Paxtakor" markaziy stadioni

20-21 noyabr kunlari Superliganing 25-tur uchrashuvlari bo'lib o'tishi belgilangan. SHundan so'ng 24 noyabr kuni O'zbekiston kubogi yarim finaldan o'rin olgan ikki o'yinga start beriladi. Qarangki, mamlakat kubogi finalida ham Toshkent derbisi guvohiga aylanamiz. "Paxtakor" - "Bunyodkor" shu kuni final yo'llanmasi uchun maydonga chiqishadi. "Paxtakor" amalda chempionlikni qo'lga kiritib, mavsumdagi uchinchi sovrin sari intilsa, "Bunyodkor" ham yilni sovrin bilan yakunlash ilinjida katta ishtiyoq bilan harakat qilishi tabiiy. Demak kubok yarim finalida haqiqiy jang ko'ramiz.


Superliga. 26-tur. "Bunyodkor" - "Paxtakor". 

27.11.2021. 15:00, "Bunyodkor" stadioni.

O'zbekiston kubogi yarim finalidan keyin muxlislarning diqqat etibori Superliganing so'nggi turiga qaratiladi. Yuqoridagi jamoalar endilikda Superliganing oxirgi turida to'qnash kelishadi. To'g'ri qolgan bahslarga qaraganda ahamiyati yuqori emas, mag'lubiyat yoki g'alaba deyarli hech narsani hal qilmaydi. Faqatgina "Bunyodkor" so'nggi ikki turda tarixdagi eng yomon natijasini qayd etmaslik uchun astoydil intiladi. SHu kungacha "qaldirg'ochlar"ning eng yomon natijasi 4 o'rin hisoblanadi. Yana bir malumotni aytish joiz, "Bunyodkor" 2016 yilda ham shunday holatga tushgan. O'shanda "Lokomotiv" bilan O'zbekiston kubogi yarim finalida ikkita o'yin o'tkazgan, mavsumni ham "temiryo'lchilar"ga qarshi bellashuv bilan yakunlab qo'ygandi. 

Abdulaziz Iskandarov

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика