So’nggi yangiliklar

22:51Баҳром Ҳайдаров: "Мағлубиятга лойиқ эмасдик"  0 22:35Отабек Нарзуллаев мағлубият сабабини айтди  1 22:16Виталий Левченко: "Ғалаба қозонган бўлсак-да, кўплаб хатоларга йўл қўйдик"  2 22:01Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" - "Крайова" баҳси асосий таркиблари  8 21:55Суперлига. "Бухоро"нинг 5 ўйинлик ғалабасиз серияси "Қўқон-1912" билан баҳсда якунланди  13 21:40Қатардаги U17 Жаҳон чемпионатида 3 нафар ўзбекистонлик ҳакам ишлайди  3 21:13"Барселона" асосий ҳимоячиси билан шартномани узайтирди  0 20:54Суперлига. "Нефтчи" "Машъал"ни тотал устунлик билан ютди ва етакчиликни қўлга олди  38 20:20Жезуш: "Стадиондаги мухлисларнинг 80 фоизи Роналду учун келади"  22 19:49Манба: "Челси" Жексонни ижарага беради  0 19:20Жо Коул АПЛ мавсум фаворитини айтди  2 18:46"Наполи" Довбикни сотиб олмоқчи  2 18:21Лукаку: "Жароҳатлар – футболнинг бир қисми"  0 17:312 ўриндиққа 3 одам  6 17:19"Аяччо" банкротлик жараёнини бошлади  4

Matich MYUga chempionlik uchun nima etishmayotganligi haqida gapirdi Yangiliklar

Matich MYUga chempionlik uchun nima etishmayotganligi haqida gapirdi

Teglar :  Nemanya MatichMYU
MYU yarim himoyachisi Nemanya Matichning fikricha, jamoa hozircha chempion bo'lishga tayyor emas.

“CHempionlik titulini qo'lga kiritish uchun top darajadagi tajribali futbolchi zarur. Bizda futbolchilarning darajasi barqaror. Ammo tajriba borasida biroz oqsayapmiz. Bizda besh olti nafar futbolchilar allaqachon top darajaga chiqishgan, ammo ular juda yosh. Masalan Reshfor va Marsyal. Ular yaxshi saviyadagi futbolchi ekanliklarini allaqachon isbotashdi. Biroq ular hali jamoani o'zlari bilan ergashtira olishmaydi.

Meysron Grinvu ajoyib potencialga ega. “Yunayted” rahbariyati qanday qilib jamoa tuzishni biladi. Hozir tarkibga jalb etilayotgan futbolchilar kelajak uchun poydevor. Ammo ularga vaqt berish lozim. 17 yoshli futbolchidan 26 yoki 27 yoshli futbolchining o'yinini kutish noto'g'ri. Futbolda hamma birdan natijaga erishishni istaydi. Ammo muxlislar biroz sabr qilishlariga to'g'ri keladi. Bu futbolchilar bilan yaqin yillarda MYU o'z o'rniga qaytishiga ishonaman.

Ayni payt men jamoaning eng tajribali futbolchisi sanalaman va etakchi bo'lishga intilayapman. Ammo sardor kim bo'lishini murabbiylar hal qilishadi. Ular qanday qarorga kelishsa ham, biz ularning fikriga hurmat bilan munosabatda bo'lamiz. Sardor bo'lish yaxshi, ammo undan ham muhimi maydonda bir jonu tan bo'lib, yigitlar bir birlarini doim qo'llab –qo'vvatlashlari shart”, deya Matichning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Goal.com.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика