Mateus Kunya: "Manchester Yunayted"ni bolaligimdan yaxshi ko'raman"
13 iyu 00:10
Yangiliklar
Mateus Kunya: "Manchester Yunayted"ni bolaligimdan yaxshi ko'raman"
Mateus Kunya o'zining "Manchester Yunayted"ga transferi haqida gapirdi.
"Manchester Yunayted"ga o'tganim haqidagi hislarimni etkazib berishim juda qiyin. Bolaligimda Braziliyada Premer-liga o'yinlarini tomosha qilganimda "Yunayted" mening sevimli jamoam bo'lgan va ushbu jamoa libosida o'ynashni juda istaganman. Bu orzularim ushalgani uchun oilam azolarini tabriklayman.
Mavsumoldi tayyorgarlik tezroq boshlanishini sabrsizlik bilan kutyapman. Yangi jamoadoshlarim bilan tanishish, ular bilan birgalikda mavsumga tayyorgarlik olib borishni istayman. Hozirgi paytda maqsadim - faqatgina chin yurakdan mehnat qilish va jamoaning yuqori darajaga chiqishiga yordam berish", - dedi Kunya.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar