So’nggi yangiliklar

19:49"Пахтакор" — "Насаф". Терма жамоадаги ўйинчилар баҳсга бир кун қолганда келишади  6 19:26U-17 ЖЧ. Хорватия — Ўзбекистон ўйини учун ҳамюртларимиз таркиби маълум, Сарсенбаев асосий таркибда  10 18:35Қозоғистон — Бельгия. Таркиблар маълум  9 17:53Суперлига. 21-турнинг қолдирилган ўйинида "Динамо" "Андижон"ни мағлуб этди  32 17:37Жуд Беллингем "Реал"ни тарк этиши мумкин. "Манчестер Сити" катта таклиф тайёрламоқда  3 16:50Зиркзее "Манчестер Юнайтед"ни тарк этиши мумкин  1 16:21Хорватия U-17 бош мураббийи: "Ўзбекистон кучли жамоа. Буни қўрққанимдан эмас, ҳурмат юзасидан айтяпман"  11 15:36Холанд Криштианунинг "абадий" рекордини янгилай оладими? Бунга неча йил талаб этилади?   15 14:44Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон U-23 Вьетнамни мағлуб этди  9 14:24ПСЖ Винисиус учун лойиҳа тайёрламоқда. Парижликлар бразилияликни текинга қўлга киритишмоқчи  5 13:22Гарсия "Реал"дан кетадими?  2 12:04"Манчестер Юнайтед" Онана бўйича қарор қабул қилди  1 11:24АПЛ клублари "Бавария" кўзлаган ўйинчини илиб кетмоқчи  0 10:49"Барселона"нинг икки нафар футболчиси турк клубига ўтиши мумкин  7 10:22Ҳиндистон Аргентина билан ўртоқлик учрашуви учун катта миқдорда пул тўлайди ва бир нечта шартлар қўяди  21

Masharipov: "Bu Suriyaning eng zaif tarkibi, Avstraliyada ham ancha pasayish bor" Yangiliklar

Masharipov: "Bu Suriyaning eng zaif tarkibi, Avstraliyada ham ancha pasayish bor"

O'zbekiston terma jamoasi sardori Jaloliddin Masharipov Osiyo kubogi-2023 "B" guruh 1-tur doirasidagi O'zbekiston - Suriya o'yinidan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Jamoamiz bugun ikki ochko yo'qotdi degan fikrga qo'shilaman.

Bugun bizda Osiyo kubogidagi ochilish va muhim o'yin bo'lgani uchun biroz hayajon sezildi. Men bu Suriyaning eng zaif tarkibi deb bilaman. Ular faqat himoyaga yotib olishdi va hujumga chiqishmadi. Kirishga qiynaldik, ammo 1-2 vaziyatimiz bo'ldi va ulardan bittasidan gol urishimiz kerak edi. Bunday o'yinlarda juda kam imkoniyat bo'ladi. 

Bugun O'zbekiston terma jamoasining 60 foiz o'yinini ko'rsata oldik deb o'ylayman. Keyingi o'yinlarda bunday bo'lmaydi. Bugun bosim va muxlislar tomonidan kutilayotgan natija tasir qildi va shu sabab ehtiyotkorlik bilan o'ynadik.

Avstraliya — Hindiston o'yinini ko'rdim. Agar darvozabonning xatosi bo'lmaganda Avstraliyaning gol urishi juda qiyin bo'lardi. Hindiston ham huddi shunday 11 o'yinchi bo'lib orqaga yotib olgan va keyingi o'yin ham huddi shunday o'ynaydi. Albatta, keyingi bahsda xudo xohlasa gol uramiz.

Avstraliya terma jamoasida hozirda ancha pasayish bor va bu eng zaif tarkibi deb o'ylayman. Ulardan bunday o'yin kutmagandik, Hindistonning kichik xatosidan gol urib ketishdi. Keyinchalik hindistonlik o'yinchilar o'yinni biroz tashlab yubordi.

Murabbiy o'yinni ko'rib chiqadi. Hindiston bilan o'yinda oldinda hujumchi bo'lgani yaxshi deb o'ylayman. Sababi ko'proq gol urishimiz ham kerak", — deydi Masharipov.

Reyting: -35   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика