So’nggi yangiliklar

02:42Англия кубоги. "Манчестер Юнайтед" 1/32 финалда 4-лига жамоасига мағлуб бўлиб, турнирни тарк этди  7 02:22EЧЛнинг барча 36 иштирокчиси маълум: "Барселона" ва "Реал" 1-саватда, "Арсенал" ва "Ювентус" 2-саватда, "Тоттенхэм" ва "Наполи" 3-саватда, "Монако" ва "Қайрат" 4-саватда  10 00:18"Ал Ҳилол" А Сериядаги футболчи учун 35 млн евро таклиф қилди, аммо...  0 23:51Себальос "Марсел"га ўтишдан бош тортди. "Реал" хавбекни 11+4 млн еврога мажбурий сотиб олиш шарти билан ижарага беришга тайёр эди  0 23:25Равшан Ҳайдаров: "Ҳеч қачон рақибларга паст назар билан қараш керак эмас"  3 23:14Англия Лига Кубоги. ​"Гримсби Таун" – "Манчестер Юнайтед": Онана, Магуайр, Хевен, Амад ва Шешко бошланғич таркибда!  38 22:59Илёс Зейтуллаев: "Бу ўйин менга катта дарс бўлди"  5 22:39Виктор Карпенко: "Жамоамиз футбол ўйнашни билади"  9 22:12Ўзбекистон Кубоги ярим финалига қуръа ташланди  34 21:54Элдор Мойлиев: "Бугун энг ёмон ўйинларимиздан бирини кўрсатдик"  0 21:35Вадим Абрамов: "Динамо"нинг барча футболчилари терма жамоада ўйнашга лойиқ"  15 21:28Ўзбекистон Кубоги. "Бухоро" "Бунёдкор"ни енгиб, ярим финал йўлланмасини нақд қилди, Табатадзедан дубль!  102 21:11Голларга бой ўйинда ўзбекистонлик афсоналар жаҳон футболи юлдузларидан устун келди  14 20:52Отабек Шукуров: "Бундан буён ЖЧга чиққан жамоамиз, шунга яраша ўйнашимиз керак"  9 20:35Ўзбекистон Кубоги. "Динамо" "Шўртан" дарвозасига жавобсиз 3 та тўп йўллади ва ярим финалга йўл олди  10

"Mashal": CHipta narxlari arzonlashtirildi Yangiliklar

"Mashal": CHipta narxlari arzonlashtirildi

"Mashal" klubi marketing xizmatida amalga oshirilgan ishlar samarasida klub o'yinlarga tashrif buyuruvchi muxlislar uchun qulaylik yaratib beradi.
Futbol turlarining yozgi mavsumga o'tganligi va ob-havoning oshirib borishi natijasida stadionga muxlislar tashrifi kamayishi kutilmoqda. Imkon qadar kechki vaqtga belgilanib borayotgan uchrashuvlarimizga stadionimiz muxlislar bilan to'lishini istaymiz. Olib borilgan ishlar samarasida "Mashal"ning uy uchrashuvlarida bevosita stadiondan kuzatib boruvchi muxlislarimiz uchun kirish chiptalari arzonlashtirildi. Unga ko'ra endi uy uchrashuvlariga kirish narxlari 3000 ming, 2000 ming va 500 so'm etib belgilandi.
 
Birinchi toifa chiptalari faqatgina birinchi va ikkinchi sektor uchun amal qiladi va 3000 ming so'mdan bo'ladi. Stadionning futbolchilar chiqib kelishiga qarama-qarshi joylashgan, yani VIP va CIP sektorning ikki qanotida joylashgan qismlarga mazkur narx belgilangan.

Ikkinchi toifa chiptalari 2000 ming so'mdan bo'lib , bunga 4-5-6-7 sektorlar kiradi. Undan tashqari uchinchi va sakkizinchi sektor narxlari ham bu toifa ichiga kiradi.

Uchinchi toifa chiptalari 500 so'mdan belgilangan bo'lib , bu 12 yoshgacha bo'lgan muxlislar uchun mo'ljallangan.

Belgilangan narxlar jamoaning 23 may kuni "Qizilqum"ga qarshi bo'lib o'tadigan o'yinidan boshlab amalda bo'ladi.

Eslatib o'tamiz, bu o'yin 23 may kuni 18:00 da start oladi. Muxlislarni mazkur o'yinga chorlab qolamiz.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика