So’nggi yangiliklar

11:05Ўзбекистон Суперкубоги: “Насаф” энг кўп соврин ютган, “Пахтакор” энг кўп мағлубиятга учраган  0 10:45Макс Доуман кечаги голидан сўнг АПЛ тарихига кирди  0 10:16Финалиссима бўлиши учун Аргентина ўз талабларини қўйди, акс ҳолда...  2 09:41"Машъал" жамоа бош мураббийининг соғлиғи ҳақида маълумот берди  0 09:14Кечаги йирик мағлубиятдан сўнг "Истанбул Башакшехир" устози нималар деди?  1 09:00Ўзбекистон Суперкубоги: томошабинлар рекорди янгиланадими?  7 08:46Кечаги дурангдан сўнг Гвардиола чемпионлик учун кураш ҳақида гапирди  4 08:20Sofascore. "Истанбул Башакшехир" йирик ҳисобда мағлуб бўлган баҳсда Шомуродов неча баҳо олди?  0 07:53Sofascore. "Манчестер Сити" дуранг ўйнаган баҳсда Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  5 07:25Ўзбекистон Суперкубоги. Бугун Ўзбек "Эл Классико"си бўлиб ўтади  12 04:25Ла Лига. "Реал Мадрид" - "Эльче" 4:1. Арда Гюлер 70 метрдан гол урди  9 04:05АПЛ. "Вест Хэм" — "Манчестер Сити" 1:1  1 03:05Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Эльче"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  14 02:55АПЛ. "Манчестер Сити" Лондонда "Вест Хэм" билан дуранг ўйнаб, "Арсенал"нинг чемпионлиги учун яхши имконият яратди  24 02:51А Серия. "Интер" ўз уйида "Аталанта"ни мағлуб эта олмади, "Наполи" ва "Ювентус"да ғалаба  4

“Mashal” – “Andijon” o'yinidan keyingi fikrlar Yangiliklar

“Mashal” – “Andijon” o'yinidan keyingi fikrlar

Birinchi liganing navbatdagi turida “Mashal” va “Andijon” jamoalari Muborakda o'zaro kurash olib borishdi.
Bu o'yinda maydon egalari qiyinchilik bilan 2:1 hisobida zafar quchishdi. Bahs yakuniga etgach, odatdagidek har ikki jamoa bosh murabbiylaridan intervyu oldik.

Aleksandr Xomyakov (“Mashal” bosh murabbiyi):
-   Bugun bahsda g'alaba qozonish ancha qiyin bo'ldi. Aslida ham shunday bo'lishini o'yindan oldin sezgandik. Biz “Andijon”ning yaxshi o'yin ko'rsatishini bilardik. Xo'sh, nimaning evaziga g'alaba qozondik? Birinchi navbatda ishtiyoq va albatta raqibga o'z o'yinini ko'rsatish imkonini bermaslik evaziga. “Andijon” kuchli jamoa ekan.

-   Sizga birinchi bo'lim yoqdimi?
-   Murabbiy sifatida menga har doim nimadir yoqmaydi. SHogirdlarim birinchi bo'limda himoyadan hujumga o'tishda juda sekin harakat qilishdi. Bu orada raqib bo'shliqlarni to'ldira oldi.

-   Jamoa sardori Dilyaver Vaniev nega maydonga tushmadi?
-   Unga biroz dam olish fursatini berdik. Vaniev ko'p o'yinlarda maydonga tushmoqda va toliqib qolmasligi uchun dam berishga qaror qildik.

-   Klishin zaxiradan tushib gol urdi.
-   Ha, u o'ziga berilgan imkoniyatdan foydalandi va bundan xursandman.

-   Oybek Polvonov jamoaga kirishib ketdimi?
-   Hali to'liq emas. Lekin sekin-asta uning ham o'yinida o'sish kuzatilyapti.

Azamat Abduraimov (“Andijon” bosh murabbiyi):
-   O'yin qiziqarli kechdi. Turnir jadvalida yonma-yon o'rinlarda borayotgan jamoalarning o'zaro bahsi ko'pincha shunday o'tadi. Birinchi bo'limda o'yinimiz qovushmadi. Ehtimol bu uzoq yo'l bosib kelganimiz bilan bog'liqdir. Ammo tanaffusdan keyin yaxshi harakat qildik deb o'ylayman. Biz bittadan ko'p to'p kiritishimiz ham mumkin edi. Afsuski, o'yin oxirida gol o'tkazib mag'lubiyatga uchradik. Bu erga kelishdan oldin “Mashal”ning o'yin uslubini jiddiy o'rgangandik. Bugungi bahsda menga hakamlik sira yoqmadi. Ayniqsa, birinchi taymda hakam o'yinni juda past saviyada boshqardi.

-   Oxirgi daqiqalarda o'tkazib yuborilgan gol xususida nima deya olasiz?
-   Bu erda “Mashal” omad tufayli g'alaba qozondi deyish mushkul. CHunki tan olish kerak, raqib o'yinning oxirlarini ancha kuchli o'tkazdi. Ketma-ket hujum uyushtirdi. Va mana shunday hujumlarning biri gol bilan yakunlandi. Bu vaziyatda himoyachilarimiz o'zlarini yo'qotib qo'yishdi degan fikrdan yiroqman, faqat hujum qilayotgan jamoaning omadi kelib qoldi.

-   Negadir Asqar Jadigerovning ikkinchi taymda o'yini qovushmadi.
-   Jadigerov ayni paytda jamoamizning etakchisi hisoblanadi. Lekin jamoa mag'lubiyatga uchraganda bu alohida bir o'yinchining yaxshi o'ynamaganidan darak bermaydi, balki butun jamoa shunga sababchi bo'ladi. Bugungi uchrashuvda Jadigerov qo'ldan kelgancha harakat qildi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика