Marselo xayrlashuv anjumanida ko'z yoshlarini tiya olmadi
13 iyu 2022 19:37
Yangiliklar
Marselo xayrlashuv anjumanida ko'z yoshlarini tiya olmadi
Braziliyalik himoyachi Marselo "Real"ni tark etishi munosabati bilan xayrlashuv matbuot anjumanida qatnashdi.
O'z nutqi davomida 34 yoshli futbolchi ko'z yoshlarini tiya olmadi. Anjumanni Real Madrid TV jonli efirda namoyish etdi.
Qanot himoyachisi 2007 yilning qishki transfer oynasida Braziliyaning "Flumenense" klubidan 6 million evro evaziga ispan klubiga o'tgandi. "Real Madrid"da o'ynab yurgan kezlarida futbolchining transfer narxi 70 million evrogacha ko'tarilgan.
Marselo 16 yil davomida "Qirollik klubi" safida 545 ta o'yin o'tkazib, 38 ta gol urgan va 103 ta golli uzatmani amalga oshirgan. U olti marta La Liga, besh marta CHempionlar Ligasi, Ispaniya Superkubogida shuncha marta g'alaba qozongan, to'rt marta klublar o'rtasida jahon chempioni bo'lgan va uch marta UEFA Superkubogini qo'lga kiritgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Суперлига. Шиддатли кечган Пойтахт дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни мағлуб этди
Fikrlar