Marokash Jazoirdan formasining dizaynini o'zgartirishni talab qilmoqda
30 sen 2022 22:03
Yangiliklar
Marokash Jazoirdan formasining dizaynini o'zgartirishni talab qilmoqda
Marokash madaniyat vazirligi Adidas kompaniyasini Jazoir futbol jamoasi uchun yangi liboslarida Marokash madaniyatini o'zlashtirganlikda aybladi.
Takidlanishicha, dizayn Jazoirdagi Mechouar saroyidan ilhomlangan tarzda yaratilgan.
Vazirlik advokatining takidlashicha, geometrik ko'k, havorang va sariq ranglarni jamlagan dizayn Marokash mozaikalarida keng tarqalgan zellige deb nomlangan naqsh hisoblanadi.
Advokat Murad Elajuti Facebook sahifasida Marokash Madaniyat vazirligi nomidan Adidasga qonuniy ogohlantirish berganini yozdi.
Kompaniyaning bosh ijrochi direktori Kasper Rorstedga yo'llagan maktubida janob Elajuti yangi dizayn "Marokash madaniy merosining bir shaklini o'zlashtirish va undan kontekstdan tashqarida foydalanishga urinish" ekanligini aytdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Пахтакор" голи инобатга олинмаган "Бухоро"ни мағлуб этиб, Ўзбекистон кубоги соҳибига айланди
Суперлига. "Насаф" "Навбаҳор" майдонида очко йўқотди
Эксперт ҳакамлар гуруҳи "Пахтакор" ва "Бухоро" учрашувидаги баҳсли вазият юзасидан хулоса берди
Месси МЛСдаги танаффус пайтида Саудия Арабистони клубига ўтмоқчи эди, аммо саудияликлар бунга рози бўлишмаган
Fikrlar