So’nggi yangiliklar

11:12Расман: Шаҳзод Азмиддинов - “Андижон” футболчиси  1 11:02Расман: ️Ҳамидулло Абдунабиев — ️ОКМК футболчиси  0 10:23Сон Хён Мин фаолиятини АҚШда давом эттиришга яқин  2 09:50Зайниддин Тожиев Пролига жамоасида иш бошлади  2 09:14"Бухоро" беш нафар футболчини рўйхатдан ўтказди  2 08:40"Пахтакор" футболчисини "Динамо"га ижарага берди  3 08:09ОКМК ҳужумчиси иккинчи даврани водийда давом эттиришга яқин  0 07:402026 йилги жаҳон чемпионатига қуръа ташлаш маросими қаерда ва қачон бўлиб ўтиши маълум  5 00:47Мбаппе "Реал"да 10-рақамнинг янги эгасига айланди  3 00:01Расман: "Манчестер Сити" "Бёрнли"дан дарвозабон сотиб олди  3 23:40"Челси" Кукурельяга янги шартнома таклиф қилади  0 23:17Луис Диас қачон "Бавария" футболчиси сифатида таништирилиши маълум бўлди  1 22:52Расман: "Насаф" нигериялик футболчи билан шартнома имзолади  5 22:40Турғунбоев "Пахтакор"да қайси рақамни танлади?  4 22:15Расман: "Навбаҳор" бразилиялик футболчи билан шартнома имзолади  9

Marko Milich: "O'zbekiston go'zal diyor ekan" Yangiliklar

Marko Milich: "O'zbekiston go'zal diyor ekan"

"Qo'qon-1912" jamoasi tarkibida bu yil serbiyalik himoyachi Marko Milich to'p surmoqda.

Milich Superliganing birinchi va ikkinchi turlarida maydonda 90 daqiqa to'p surdi. Serbiyalik himoyachi O'zbekiston va Superliga o'yinlari borasida o'zining fikrlarini bildirib o'tdi.

– Men birinchi marta O'zbekistonga kelishim. To'g'risini aytaman bu erga kelgunimcha O'zbekiston haqida tasavvurlarim boshqacha edi. Mamlakatingizda bir oy yashab, bu yurt va o'zbek halqi haqidagi tasavvurim butunlay o'zgardi. O'zbekiston go'zal diyor ekan. Ayniqsa mamlakatdagi tinchlik, xotirjamlikni hech narsaga qiyoslab bo'lmaydi. O'zbek halqi va o'zbek taomlarining esa tarifiga til ojiz. Kelganimga endi bir oy bo'ldi. Menga bu yurtda bo'lish juda ham yoqmoqda. Meni O'zbekistonga taklif qilgan No'mon Hasanovdan juda minnatdorman.

“Qo'qon-1912”  jamoasida meni juda yaxshi kutib olishdi. Jamoada barcha yigitlar professional futbolchilar. Umuman bu erda hamma o'z ishini sidqidildan bajarmoqda. Ahillik havas qilarlik darajada ekan. Jamoaga ko'nikib ketishimda hamyurtim Darko Gojkovichning xizmatlari katta bo'ldi. Darko ikki yil bu klubda o'ynab, ancha tajriba ortirgan. Albatta legioner futbolchi boshqalardan bir bosh ustun bo'lishi kerak. Buning uchun mashg'ulotlarda astoydil ishlamoqdaman, jamoamga foydam  ko'proq tegishi uchun astoydil harakat qilaman.

Superliganing ikkita o'yinida maydonga tushdim, chempionatingiz saviyasi men o'ylagandan ancha yuqori ekan. Ayniqsa Buxorodagi o'yinda stadiondagi atmosfera, muxlislarning qo'llab-quvvatlashlari juda ajoyib bo'ldi. Boshida ozgina hayajon bo'ldi. Navoiyda esa ancha muhitga  moslashdim. Har ikki o'ynagan jamoalarimiz ham kuchli klublar ekan. O'yinlar ancha qiyin bo'ldi. O'zbekistondagi  futbochilar texnikasi yuqori, ham aqlan kuchli futbolchilar ekan. Mavsum endi boshlandi, o'yindan o'yinga o'z o'yinimni kuchaytirib borishga intilaman.

Qo'qonga hali bormadim. Eshitishimcha Qo'qon o'zbek futbolining vatani ekan. Qo'qonlik muxlislar esa ilk safar o'yinidayoq o'zlaridan juda yaxshi taassurot qoldirishdi. Bunday muxlislar uchun jonimni berib o'ynashga tayyorman.

Reyting: +40   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика