Marko Kolakovich: “Neftchi” bilan o'yinda bizga omad etishmadi”
15 sen 2022 13:12
Yangiliklar
Marko Kolakovich: “Neftchi” bilan o'yinda bizga omad etishmadi”
- O'yin boshida maydonda raqibga nisbatan bir kishi kam bo'lib qoldik. Bunday holatda qiyinchilikga duch kelishingiz tabiiy. SHunday bo'lsa-da, biz “Neftchi” darvozasi yonida ko'plab imkoniyatlarga ega bo'ldik. Raqib jarima maydonchasi ichida vaziyatlar yaratdik. Biroq omadimiz kelmadi.
Bugun g'alaba qozonish uchun harakat qildik. Biroq omadimiz kelmadi. Endi “Metallurg” bilan bo'ladigan navbatdagi o'yinga tayyorgarlik ko'ramiz va g'alaba qozonishga borimizni beramiz. CHempionlik uchun imkoniyatimiz bor va biz buni amalga oshirishga oxirigacha kurashamiz.
Biz ayni vaqtda uch musobaqada g'oliblikni qo'lga kiritish uchun kurashyapmiz. Bu esa juda og'ir. SHunga qaramay, jamoamiz bosqichma-bosqich o'z natijalarini yaxshilamoqda. “Neftchi” bilan so'nggi 20 kun ichidagi oltinchi o'yinimizni o'tkazdik. Endi navbatdagi bahsda muvaffaqiyat qozonishimiz lozim", - dedi Kolakovich.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar