Markizio: "Allegri xato ortidan xatoga yo'l qo'ymoqda"
		
		20 sen 2022 14:28
        Yangiliklar	
	 
				 
				Markizio: "Allegri xato ortidan xatoga yo'l qo'ymoqda"
"Yuventus" sobiq futbolchisi Klaudio Markizio Turin klubidagi vaziyatga baho berdi. "Byankoneri" CHempionlar Ligasida 2 ta o'yinda mag'lub bo'ldi va A Seriya turnir jadvalida 8-o'rinni egallab turibdi.
"Muammo "Yuventus"ning yutqazayotganida emas. Har qanday jamoa mag'lubiyatga uchraydi. Ammo "Yuventus" "Monca"ga gol urmasdan mag'lub bo'ldi. Jamoa, murabbiy va klub o'rtasida kelishmovchiliklar bor, buni izohlardan ham bilish mumkin. Kuchli jamoa bilan siz hatto 10 nafar o'yinchi bilan ham o'z o'yiningizni tashkillashtira olasiz. "Yuventus" bunga qodir emas.
Allegriga kelsak, umid qilamanki, tomonlar hammasini hal qilishadi. CHempionat ikki bosqichda o'tkaziladi va murabbiyni almashtirish uchun tanaffusni kutish shart emas. Bu juda nozik holat. Allegri klubga pandemiya paytida qaytdi, juda ko'p xarajatlar bo'ldi. Lekin u xato ortidan xatoga yo'l qo'ymoqda. Jamoa yil boshidan o'sishga erishmadi", – dedi italiyalik.
Oldinroq "Yuventus" Allegri kelajagi haqida gapirgan edi.
O’xshash yangiliklar
 championat.asia
                   
                   
			
		
		
			championat.asia
		
	 
             "Пахтакор" голи инобатга олинмаган "Бухоро"ни мағлуб этиб, Ўзбекистон кубоги соҳибига айланди
                    "Пахтакор" голи инобатга олинмаган "Бухоро"ни мағлуб этиб, Ўзбекистон кубоги соҳибига айланди Суперлига. "Насаф" "Навбаҳор" майдонида очко йўқотди
                    Суперлига. "Насаф" "Навбаҳор" майдонида очко йўқотди Эксперт ҳакамлар гуруҳи "Пахтакор" ва "Бухоро" учрашувидаги баҳсли вазият юзасидан хулоса берди
                    Эксперт ҳакамлар гуруҳи "Пахтакор" ва "Бухоро" учрашувидаги баҳсли вазият юзасидан хулоса берди Педри ва Ямаль "Эл Класико"дан кейин ижтимоий тармоқларда Карвахални кузатишни тўхтатди
                    Педри ва Ямаль "Эл Класико"дан кейин ижтимоий тармоқларда Карвахални кузатишни тўхтатди
Fikrlar