So’nggi yangiliklar

09:58Аморимнинг хайдалиши "Манчестер Юнайтед"га қанчага тушиши ҳисоблаб чиқилди  1 09:30Равшан Мухадов: “Турнирда кучсиз жамоа йўқ”  2 09:02Максим Шацких: “Рақибни ҳурмат қиламиз, лекин қўрқмаймиз. Бу ерга дуранг учун келганимиз йўқ, ғалаба учун ўйнаймиз”  3 08:35Мессининг ажойиб ҳаратлари "Интер Майами"га ғалаба тақдим этди  2 08:09ОЧЛ 2. "Андижон" мусобақадаги ўз "юриши"ни бошлайди  24 08:02Элит ОЧЛ. "Ал Ҳилол" мусобақани ғалаба билан бошлади  2 06:15ЕЧЛ. "Реал Мадрид" ҳамда "Тоттенхэм" ўз майдонида ғалаба қозонди. "Ювентус" қўшиб берилган дақиқаларда мағлубиятдан қутулиб қолди, "Бенфика" эса "Қорабоғ"га ютқазди  21 02:05ЕЧЛ. "Реал Мадрид" илк турда "Марсел"ни мағлубиятга учратди  114 00:50Ямал жароҳати туфайли "Нюкасл"га қарши ўйнамайди  1 00:00ЕЧЛ. "Арсенал" илк турда "Атлетик"ка қарши ишончли ҳисобда ғалаба қозонди  27 23:24Элит ОЧЛ. "Трактор" меҳмонда "Шабаб Ал Аҳли" билан дуранг ўйнади. Хамробеков 78-дақиқада майдонга тушди  0 22:33"Милан" ва "Интер" "Сан-Сиро"ни сотиб олиш бўйича шаҳар маъмурияти билан келишиб олишди  0 22:03"Бу мағлубиятдан фожеа ясаш керак эмас, Осиё гранди билан қўрқмай ўйнагани учун ҳам раҳмат" — "Ал Аҳли" - "Насаф" учрашуви мутахассис нигоҳида   26 21:11Ўзбекистон футзал бўйича Японияга мағлуб бўлган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  2 20:58 "Навбаҳор" футбол мактаби "Аякс" футбол академияси бошқарувига берилади   13

Markazlashgan chempionat. Bu qanday bo'ladi? Yangiliklar

Markazlashgan chempionat. Bu qanday bo'ladi?

PFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo'jaev o'z telegram kanalida post qoldirdi.

Unda yozilishicha, Superliganing 10, 11 va 12-turlari markazlashgan holda Toshkent shahri va Toshkent viloyatida bo'lib o'tishi mumkin. Va bu borada PFL o'z rejasini ishlab chiqishni boshlagani aytilgan. 

Xabaringiz bor, bugun 10 iyuldan yana karantin choralari kuchaytirilib, 1 avgustga qadar shunday qolishi maxsus komissiya tomonidan belgilab berildi. 13 iyuldan boshlab poezdlar va samolyot reyslari ham vaqtincha to'xtatiladi. Bu esa o'z navbatida klublarga o'yinga borib kelish bo'yicha qiyinchilik tug'diradi.

Nailoj hozirgi vaziyat shuni taqozo qilayotgani bor gap. SHu bois har qanday holatda avvalo futbol o'yinlarini davom ettirib turgan maqul. CHunki jamoalar endi formaga kirib olay deganda to'xtatib qo'yish yana oldingi holatga qaytaradi.

Lekin shu o'rinda bir savol tug'iladi: agar chempionat markazlashgan tartibda o'tsa, u qanday bo'ladi? 

Keling dastlab Superliganing 10, 11, 12-turdagi o'yinlar taqvimini keltirib o'tsak. Demak, 10-tur 19, 20, 21 iyulga, 11-tur 26, 27, 28 iyulga va 12-tur 3-4 avgustga belgilangan. Endi fikrimizni 10-tur misolida davom ettiramiz. 


10-tur uchrashuvlari

19 iyul. "Surxon" - "Navbahor"

19 iyul. "Nasaf" - "So'g'diyona" 

20 iyul. AGMK - "Lokomotiv"

20 iyul. "Bunyodkor" - "Metallurg"

20 iyul. "Mashal" - "Andijon"

21 iyul. "Qo'qon-1912" - "Paxtakor"

21 iyul. "Qizilqum" - "Buxoro"


Agar 10-turni markazlashgan holda Toshkent va Toshkent viloyatida o'tkazish ko'zda tutilayotgan bo'lsa, unda dastlab tayyor stadionlarni hisoblab chiqamiz. 

Toshkent viloyatidagi stadionlar: Olmaliq, Bekobod. 

Toshkent shahridagi stadionlar: "Paxtakor", "Lokomotiv", "Bunyodkor".  

Yani bular tur uchrashuvlarini qabul qilishga har tomonlama (tablo, kiyim almashtirish xonalari, projektor, Coca Cola reklama jihozlari bo'yicha) tayyor stadionlar. Superligada har tur 7ta o'yin bo'ladi. Tayyor stadionlar esa 5ta. 

10-tur taqvimidan kelib chiqsak, AGMK va "Bunyodkor" stadioni band bo'ladi, chunki bu ikki jamoa o'z maydonida o'ynaydi. Qolyapti 3ta stadion: "Paxtakor", "Lokomotiv" va Bekoboddagi o'yingoh. 

Bu uch stadionda qolgan 5ta o'yinni o'tkazish mumkinmi? Mumkin, albatta. Faqat bu borada klublar bilan ishlashga to'g'ri keladi. Yani masalan Bekobod birmuncha uzoq bo'lgani uchun bitta o'yinni o'zida qabul qiladi, "Paxtakor" va "Lokomotiv" stadionida ikkitadan o'yin bo'ladi. Yoki bo'lmasa TTYMI bilan "Jar"ni qo'shsak, unda "Paxtakor" va "Lokomotiv" o'yingohlarida 2tadan o'yin o'tkazishga hojat qolmaydi. 

Masalan, "Paxtakor" "Qo'qon-1912" bilan o'z maydonida mezbon (!) sifatida o'ynashi mumkin, shunda ikkinchi davrani Qo'qonda o'tkazadi. Buyog'iga qolyapti yana to'rtta o'yin: "Surxon" - "Navbahor" (19 iyul), "Nasaf" - "So'g'diyona" (19 iyul), "Mashal" - "Andijon" (20 iyul) va "Qizilqum" - "Buxoro" (21 iyul). 

19 iyul kuni ikkita o'yin bor. Demak, bu o'yinlarning bittasini Bekobodda o'tkazishga to'g'ri keladi. PFL qaysi jamoalarni Bekobodga yuborishni hal qilishi mumkin. SHunda bitta uchrashuv Toshkentda bo'ladi. 

"Paxtakor" 21 iyul kuni "Qo'qon-1912"ga qarshi o'z maydonida bahs olib boradi deb hisoblasak, 19 va 20 iyul kunlari stadionga tegmaslik kerak. Bu o'rinda qolyapti "Lokomotiv" stadioni. 20 iyul kungi "Mashal" - "Andijon" bahsi TTZda o'tkazilishi mumkin, chunki shu kuni "Loko" Olmaliqda o'ynayotgan bo'ladi. 

"Qizilqum" - "Buxoro" o'rtasidagi turning oxirgi uchrashuvini "Jar" yoki TTYMIda o'tkazsa bo'ladi. SHu bilan tur o'yinlari tugaydi. 

Nima bo'lgan taqdirda ham jamoalar neytral maydonda o'ynagani bilan mezbon va mehmon maqomi saqlab qolinishi shart. Bu o'rinda faqat stadion neytral bo'ladi, lekin taqvimdan kelib chiqib kim mehmon, kim mezbon ekanligi o'zgarmaydi. Faqat o'z maydonida o'ynaydigan jamoalar bundan mustasno. Fikrimizcha, bu hammaga maqul keladi. 

Karantindan keyin nasib qilsa yana eski usulga qaytamiz. Lekin hozirgi sharoitda boshqa chora ko'rinmayapti. Oldimizda esa ikkita yo'l qolgan: 1. CHempionatni qay yo'sinda bo'lmasin davom ettirish, 2. Vaziyat o'nglanmaguncha futbol o'yinlarini yana to'xtatib qo'yish.  

Xo'sh, siz qay birini tanlaysiz?

Reyting: -28   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика