So’nggi yangiliklar

17:15Суперлига. "Хоразм" — "Сўғдиёна" 0:0 (матнли трансляция)  2 17:05"Милан" Левандовски билан шартнома имзоламоқчи  0 17:00Суперлига. "Қизилқум" ўз майдонида "Андижон"ни мағлуб этди  16 16:05"Капаз" — "Сабаҳ". Таркиблар маълум  0 15:54Про лига. "Локомотив" Суперлигага қайтди, "Арал" плей-оффда ўйнайди  7 15:23"Қўқон-1912" - "Пахтакор" ўйинида 33 йиллик натижа такрорланди  0 14:43Ирландия U-17 бош мураббийи: "Ўзбекистон Япония ва Жанубий Корея сингари ривожланиб бораётган кучли жамоа ҳисобланади"  0 14:28U-17 ЖЧ. Ўзбекистоннинг Ирландияга мағлубиятган учраган ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 13:05"Машъал" 17 йилдан кейин Қаршида "Насаф"дан 3 очко тортиб олди  13 12:43"Динамо" 11 йилдан сўнг Тошкентда "Бунёдкор"ни мағлуб этди  1 12:15"Челси" "Ювентус" ҳужумчисини нишонга олди  2 12:07Ратиньо кейинги мавсум учун режаси ва йил давомида энг ноқулай бўлган футболчи кимлигини айтди  3 11:50"Пахтакор" "Қўқон-1912"ни мағлуб эта олмаган учрашувдан ФОТОГАЛEРEЯ  3 11:28Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди  85 11:05"Насаф" катта устунликка эга бўлиб, "Машъал"га мағлуб бўлган учрашувдан ФОТОГАЛEРEЯ  3

Markaziy Osiyo mamlakatlarining chempionatlari. Sergeev jamoasi ikkinchi, "Istiqlol" yana peshqadam, startda turgan Turkmaniston Yangiliklar

Markaziy Osiyo mamlakatlarining chempionatlari. Sergeev jamoasi ikkinchi, "Istiqlol" yana peshqadam, startda turgan Turkmaniston

O'zbekiston Superligasi singari qo'shni mamlakatlarda ham yangi mavsumga start berildi.

QOZOG'ISTON


Qozog'iston chempionatida ham bizdagi singari to'rtta tur ortda qoldi. Natijalarga ko'ra, "Qiziljar" klubi maksimal natija qayd etgan holda 12 ochko bilan peshqadam bo'lib turibdi. Igor Sergeev to'p tepadigan "Tobol" jamoasi 10 ochko bilan ikkinchi o'rinda bormoqda. Kuchli uchlikni 9 ochko bilan "Aktobe" yakunlagan. Bobir Abdixoliqov hamda SHahboz Umarov faoliyatini davom ettirayotgan "Ordabasi" jamoasi ham 9 ochko bilan 4-o'rinda joylashgan.

To'purarlar bahsida "Aktobe" hujumchisi Maksim Samorodov 4 ta gol bilan peshqadamlik qilmoqda. SHuningdek, Evgeniy Kozlov (Atirau), Artur SHushenenachev (Qayrat), Vasiliy Sovpel (Qaysar) va Miras Turlibek (Aksu)da uchtadan gol mavjud. Bobir Abdixoliqov, SHahboz Umarov va Igor Sergeev ikkitadan to'p kiritgan.

QIRG'IZISTON


Qirg'iziston Premer-ligasida 1-tur uchrashuvlari yakunlandi. Dastlabki tur yakunlariga ko'ra, "Alga" peshqadam bo'lib turibdi. Qo'chqor-Otaning "Neftchi" va "Alay" jamoalari keyingi o'rinlarni band etib turibdi. Tur davomida 6 ta gol turli futbolchilar tomonidan urildi, shu bois dastlabki turdan so'ng yaqqol to'purar yo'q.

TOJIKISTON


Tojikiston Oliy ligasida ham dastlabki tur bahslari o'tkazildi. Mamlakatning amaldagi chempioni "Istiqlol" 1-turdan keyinoq yana peshqadamga aylandi. Dushanbeliklar "Xo'jand" darvozasiga javobsiz 4 ta to'p kiritishdi. "Regar-TadAZ" va "Ravshan" jamoalari 2 va 3-o'rinlarni band etishdi. To'purarlar ro'yxatida "Esxata" hujumchisi Baxtiyor Zaripov 3 ta gol bilan ustunlik qilmoqda. Alisher Jalilov (Istiqlol) va Tohir Malodo'stov (Ravshan) hisobida ikkitadan gol mavjud.

TURKMANISTON


Turkmaniston Yuqori ligasi bugun start oladi. CHempionatda 8 ta jamoa o'zaro kurash olib boradi. Amaldagi chempion "Axal" klubi hisoblanadi. 

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика