So’nggi yangiliklar

20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  0 20:30АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" (матнли трансляция)  24 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  13 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  0 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  8 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  7 18:58Бельгия. Ўринбоев бир тайм ўйнаган баҳсда "Антверпен" ютқазди  3 18:38Эрон ва Уругвай ўртасидаги ўртоқлик ўйини бекор қилинди  7 17:19"Манчестер Сити" сардори билан шартномани узайтиришни режалаштирмаяпти  1 15:46"Антверпен" — "Гент". Таркиблар маълум  3 15:08"Эшитдик-да!" Алексей Ларин "Андижон"га ўтишга яқин  11 14:03Канселу: "Барселона"ни яхши кўраман"  6 13:24Алонсо Пеллегрини давридан бери Ла Лигадаги дастлабки 4 ўйинда ғалаба қозонган биринчи "Реал" мураббийи  1 12:39"Ньюкасл" 60 млн еврога харид қилинган ҳужумчисини йўқотди  2 11:58"Манчестер Юнайтед" Англия терма жамоаси ярим ҳимоячисига қизиқмоқда  8

Marat Bikmaev: "Doim 90 daqiqa o'ynashga tayyorman" Yangiliklar

Marat Bikmaev: "Doim 90 daqiqa o'ynashga tayyorman"

"Qizilqum" - "Lokomotiv" (0:2) uchrashuvidan keyin mehmonlar hujumchisi Marat Bikmaevning fikrlari bilan qiziqdik.

"Bugungi o'yin qiyin bo'ldi, bunday maydonda o'ynash juda qiyin bo'ldi. "Qizilqum" o'z maydonida muxlislari oldida o'ynadi. Haqqoniy tarzda g'alabaga erishdik. Bugun "Lokomotiv"ning safardagi o'yinlari orasida eng yomon maydonda o'ynadik. Biroq ular ham shu maydonda o'ynashdi, biz ham shu maydonda o'ynadik, - deydi "Lokomotiv" hujumchisi.

Bu safargi golni boshqacha nishonladim? Mavsum oxirlab bormoqda, har bir gol juda muhim, shu bois goldan quvonib ketdim shekilli (kuladi).

Doim 90 daqiqa o'ynashga tayyorman. Barchasi murabbiyga bog'liq, zaxiradan maydonga tushirib o'yinni kuchaytirishi mumkin. Lekin har doim 90 daqiqa o'ynashga kuchim etadi. "Alaniya" safida har 3 kunda o'yin o'tkazardik.

CHempionlik uchun imkoniyatimiz bor ekan oxirigacha kurashamiz, oldimizda turgan 3ta o'yinda yutishimiz kerak. Keyin musobaqa jadvaliga qaraymiz.

"Paxtakor" safida chempion bo'lganman. Lekin u paytda hali yosh bo'lganim uchunmi Agamurodov meni ko'pincha zaxiradan maydonga tushirardi. Maydonga tushardim va gol uradim. Tarkibimizda Anvar Soliev, Aleksandr Kroxmal va Baxtiyor Hamidullaev kabi hujumchilar bor edi.

O'zbekistonga qaytganimdan so'ng sovrin yutishni juda ham xohlayapman. Agar chempion bo'lsak juda xursand bo'laman", - deydi Marat Bikmaev.


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика