So’nggi yangiliklar

15:26"Манчестер Юнайтед" Вальверде эвазига "Реал"га ўз футболчисини беришга тайёр  1 14:38"Арсенал" 80 млн евролик испанни харид қилмоқчи  0 13:58Левченко: "Нега ғалабани мухлислар билан нишонламайман? Барчаси ўйиндаги асаб ва руҳий чарчоқ сабаб"  0 13:14Фергюсон "Манчестер Юнайтед"га қайтмоқчи эканини тан олди  15 12:35Аморимнинг "Реал"даги трансфер мақсади маълум бўлди  4 11:56"Реал" "Ливерпул"нинг навбатдаги юлдузини нишонга олди  10 11:20Месси МЛС тўпурарлар пойгасида етакчилик қилмоқда - 22 та ўйинда 22 та гол  3 10:53Бугун бўлиб ўтадиган "Арсенал" - "Манчестер Сити" баҳси учун жамаоларнинг эҳтимолий таркиби  15 10:27Мареска Санчеснинг 3-дақиқада олган қизили ҳақида гапирди  2 09:55Хаби Алонсо "Реал Мадрид" тарихида фақат икки мураббий эришган муваффақиятни такрорлади  9 09:23"Манчестер Юнайтед" - "Челси" учрашувининг биринчи бўлими АПЛ тарихига кирди  3 08:41"Барселона" Маркус Рэшфорд борасида бир қарорга келди  3 08:07Суперлига. Бугун 22-тур якунланади  6 08:05МЛС. Мессининг иккита голи ва битта голли узатмаси "Интер Майами" жамоасига "Ди Си Юнайтед" устидан ғалаба келтирди  35 07:35Саудия Пролигаси. "Ал Насср"дан йирик ғалаба. Роналдудан дубл  8

Maran: "Eldor o'yinga temp bera oldi, bundan xursandman" Yangiliklar

Maran: "Eldor o'yinga temp bera oldi, bundan xursandman"

"Jenoa" matbuot xizmati bosh murabbiy Rolando Maranning Italiya Kubogi doirasida "Sampdoriya" ustidan qozonilgan g'alabadan keyingi fikrlarini malum qildi.

- G'alaba juda yoqimli bo'ldi, chunki og'ir damlarni boshimizdan o'tkazyapmiz. Yakshanba kungi o'yindan keyin aytganimdek, biz ikkinchi davra uchun ilk tamal toshini qo'yishni boshladik. Kelasi yili, yani, mavsumning ikkinchi yarmida biz shunday o'yin ko'rsatishimiz kerak. Futbolchilarning miyasini tozalab, ularning harakatlariga agressivlik qo'sha oldik.

Yigitlarning ruhiy jihati borasida ko'proq ishlash kerak, chunki ular maydonga tushganida shunday o'yin ko'rsatishi lozimki, barcha xayron qolsin. Bu borada ko'p ishlar qildik.

Og'ir damlarni o'tkazayotgan jamoa futbolchilariga oson emas, shunday bo'lsa ham yigitlarim birinchi bo'limni yomon o'tkazmadi. Ammo ikkinchi bo'limdagi o'yinni inobatga oladigan bo'lsak, derbida muhim g'alabaga erishdik, deb hisoblayman. 

- Tanaffusda futbolchilarga motivaciya berish qiyin bo'lmadimi?
- Qiyin bo'lyapti. Ketma-ket mag'lubiyatlar ularni siqiltirib qo'ygan. Futbolchilar qiynalayotgan jihatlar bo'yicha yordam berishga, maslahatlashishga doim harakat qilib kelganman. Biroq baribir barchasi futbolchilarning ijodkorligiga, mahoratiga ham bog'liq. Yigitlarni tabriklayman. Bu ular uchun har tomonlama ajoyib g'alaba bo'ldi.

- Tarkibda asosan Skamakka ko'proq gol uryapti. Jamoadagi hujumchilar muammosini bartaraf eta oldingizmi?
- Bugun ancha vaqt o'ynamagan Eldorni ham tarkibga qaytardik. U o'yinga temp bag'ishlay oldi. Bundan xursandman. U asta-sekinlik bilan o'sib boryapti. Biz Eldorni ikkinchi davraga yaxshilab tayyorlashimiz kerak. CHunki ikkinchi davradan bizda umuman boshqa rejalar asosida o'yinni tashkillashtiramiz. O'ylaymanki, futbolchilar bu borada muxlislarga o'ziga hos signal bera olishdi.

Reyting: +107   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика