So’nggi yangiliklar

15:26"Манчестер Юнайтед" Вальверде эвазига "Реал"га ўз футболчисини беришга тайёр  1 14:38"Арсенал" 80 млн евролик испанни харид қилмоқчи  0 13:58Левченко: "Нега ғалабани мухлислар билан нишонламайман? Барчаси ўйиндаги асаб ва руҳий чарчоқ сабаб"  0 13:14Фергюсон "Манчестер Юнайтед"га қайтмоқчи эканини тан олди  15 12:35Аморимнинг "Реал"даги трансфер мақсади маълум бўлди  4 11:56"Реал" "Ливерпул"нинг навбатдаги юлдузини нишонга олди  10 11:20Месси МЛС тўпурарлар пойгасида етакчилик қилмоқда - 22 та ўйинда 22 та гол  3 10:53Бугун бўлиб ўтадиган "Арсенал" - "Манчестер Сити" баҳси учун жамаоларнинг эҳтимолий таркиби  15 10:27Мареска Санчеснинг 3-дақиқада олган қизили ҳақида гапирди  2 09:55Хаби Алонсо "Реал Мадрид" тарихида фақат икки мураббий эришган муваффақиятни такрорлади  9 09:23"Манчестер Юнайтед" - "Челси" учрашувининг биринчи бўлими АПЛ тарихига кирди  3 08:41"Барселона" Маркус Рэшфорд борасида бир қарорга келди  3 08:07Суперлига. Бугун 22-тур якунланади  6 08:05МЛС. Мессининг иккита голи ва битта голли узатмаси "Интер Майами" жамоасига "Ди Си Юнайтед" устидан ғалаба келтирди  35 07:35Саудия Пролигаси. "Ал Насср"дан йирик ғалаба. Роналдудан дубл  8

Maradonaning vafoti haqida Tvitter nima deydi? Yangiliklar

Maradonaning vafoti haqida Tvitter nima deydi?

25 noyabr – futbol uchun qayg'uli kunga aylandi.

Diego Armando Maradona 60 yoshida hayotdan ko'z yumdi. Futbol o'zining dahosidan ayrildi, ishonavering. Bu haqida yozmagan, o'z qayg'usini bildirmagan inson qolmadi. CHinakamiga daho bu olamni tark etganini sezdik. Libertadores kubogining o'yini qoldirildi, Evropadagi musobaqalar bir daqiqalik sukut bilan boshlanadigan bo'ldi, hatto futbol qiroli Pele ham munosabatini bildirdi. «Qachondir samoda u bilan birga to'p tepamiz» dedi Pele. Afsuslanadigan jihati futbol o'zining qirolini ham yo'qotadi.

Tvitterda bu haqida yozilgan tvitlar ko'p, biz eng sara tvitlarni yig'ib chiqdik, marhamat.


Maradona erishgan yutuqlar:

 


Katta avlod vakillaridan bu ishni qilganlar ko'p bo'lsa kerak:
 


Rostan ham, futbolning shumbolasi…
 


U nafaqat maydonning ichida, balki maydon tashqarisida ham etiborni o'ziga torta olardi:
 


Messiga “message”:
 


Maradona evolyuciyasi:
 


Maradona oddiy futbolchi emas edi:
 


CHalajon futbol dahosini yo'qotdi:
 


CHin fikr:
 




Krishtianu Ronaldu: «Bugun men do'stim bilan xayrlashaman, dunyo daho bilan abadiy xayrlashmoqda. U har doim eng yaxshilaridan biri bo'lgan. Tengsiz sehrgar. U ketadi, lekin ulak meros qoldirdi va bu meros hech qachon to'ldirilmaydi. Xotirjam dam oling. Sizni hech qachon unutmaymiz!»

 


Serxio Aguero: «Biz sizni hech qachon unutmaymiz. Siz doimo biz bilan birga bo'lasiz!»
 


Andres Iniesta: «Sizning xotirangiz abadiy bo'ladi. Biz sizni hech qachon unutmaymiz. Xotirjam dam oling Diego!»
 


Ronaldino: «Mening oilamga va ushbu dahoni sevadigan har bir kishiga hamdardman. Do'stim, mening kumirim, mening 10-raqamim, o'yinlarda yoki oddiy kechki ovqatda bo'lsin har bir daqiqangiz uchun tashakkur!»
 


Xaver Maskerano: «Bizga bergan barcha narsalaringiz uchun Diego sizga rahmat!!! Joyingiz jannatda bo'lsin!»
 


Diego Forlan: «Men sizning futbolingizdan, sizning sehringizdan zavqlandim. Katta rahmat! Xotirjam dam oling!»
 


Iker Kasilyas: «Futbol uchun qayg'uli kun. Maradona vafot etdi. Ushbu sport turining dahosi»
 


Karlos Tevez: «Siz o'lmassiz, hech qachon o'lmaysiz, har doim qalbimda yashaysiz!!!»
 


Killian Mbappe: «Siz futbol tarixida abadiy qolasiz. Butun dunyoga bergan barcha zavqingiz uchun tashakkur! Lanati 2020 yil!»
 




Og'abek Samisov tayyorladi

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика