So’nggi yangiliklar

22:20BALLON D'OR-2025  15 22:13"Реал ТВ": "Барселона" рақиблари ҳар 3,8 та қўполлик учун сариқ карточка олишмоқда  9 20:57"Реал"нинг асосий юлдузларидан бири январда жамоани тарк этиши мумкин  5 19:53УEФА Исроилни барча Европа мусобақаларидан четлаштириш ниятида  18 19:22Бензема Европага қайтиши мумкин: Моуринью Каримни "Бенфика"га чақирди  5 18:54Рубен Диаш: "Арсенал" билан ўйин биз учун ноодатий кечди"  0 18:27Артета: "Биз "Сити" билан ўйинда доминантлик қилдик"  5 18:00"Олтин тўп" ва "The Best" мукофотлари ўртасида қандай тафовут мавжуд?  9 17:38"Реал" "Олтин тўп" маросимини бойкот қилди  38 17:12"Манчестер Юнайтед" футболчиси Instagram ва Facebook'даги барча суратларни ўчириб ташлади. Мухлислар уни бунга мажбур қилди  3 16:45Футзал. Ўзбекистон - Шарқий Тимор 7:1  6 16:14"Барселона" Ҳоландга кўз тикди  12 15:47ПСЖ "Олтин тўп"ни топшириш маросимида қатнашмайди. Нима учун?  18 15:25Хет-трик қайд этган легионер, рақибни тор-мор келтирган мураббий, финт билан гол урган футболчи — Суперлигада 22-турнинг энг яхшилари  10 15:03Цигер, Исмоилов, Ғиёсов, Табатадзе, Бегич... Суперлига 22-тур рамзий терма жамоаси  0

Manjukich futbolchilik faoliyatini yakunlaganini elon qildi hamda o'ziga maktub yozdi Yangiliklar

Manjukich futbolchilik faoliyatini yakunlaganini elon qildi hamda o'ziga maktub yozdi

Teglar :  Mario Manjukich
"Milan", "Yuventus" va "Bavariya" sobiq hujumchisi Mario Manjukich faoliyatini yakunlaganini elon qildi.

Bu haqda 35 yoshli xorvatiyalik futbolchi o'zining instagramdagi sahifasida maktub tarzida malum qildi. Forvard postga ilk bor kiygan butsalarining rasmini ilova qildi.

"Qadrdon jajji Mario!

Ushbu butsalarni ilk bor kiyganingda, futbolda seni nimalar kutayotganini tasavvur ham qila olmasding. Sen katta turnirlarda gol urasan va jahon futboli gigantlari bilan eng katta sovrinlarni qo'lga kiritasan. O'z millatingni g'urur bilan ifoda etib, Xorvatiya sportining tarixini yozishga yordam berasan.

Sen muvaffaqiyat qozonasan, chunki atrofingda yaxshi odamlar bor — jamoadoshlar, murabbiylar, muxlislar va oilang, agenting hamda do'stlaring. Ularning barchasidan cheksiz minnatdor bo'lasan!

Birinchidan, sen muvaffaqiyat qozonasan, chunki har doim qo'lingdan kelganicha harakat qilasan. Oxir-oqibat, bu o'zing faxrlanadigan hodisaga aylanadi. Sen ko'p narsani qurbon qilasan, lekin bularning barchasi maydondagi esda qolarli lahzalar tufayli bunga arzigulik ekanligini bilasan.

Keyin faoliyatingni yakunlash, butsalaringni mixga ilish vaqti kelganini his qilasan va bu qaroringdan pushaymon bo'lmaysan. Futbol har doim hayotingni bir qismi bo'lib qoladi, lekin oldinda yangi sahifa ochiladi.

Hayotdan rohatlan!

Sening katta Marioing.

P. S.  Agar jahon chempionatida Angliyaga qarshi o'ynasang, 109-daqiqaga qadar tayyor bo'l", — deb yozdi Manjukich.

Eslatib o'tamiz, xorvatiyalik futbolchi "Bavariya" bilan ikki marta Germaniya chempioni, ikki marta Germaniya kubogini qo'lga kiritdi va CHempionlar ligasi, UEFA Superkubogi, klublar o'rtasidagi jahon chempionati va Germaniya superkubogi sohibi bo'ldi.

"Yuventus"da u A Seriyani besh marta, Italiya kubogini uch marta hamda ikki marta mamlakat Superkubogini qo'lga kiritdi. "Atletiko"da forvard Ispaniya kubogini qo'lga kiritdi.

Manjukich 2018 yilda Xorvatiya terma jamoasi tarkibida jahon chempionatida ikkinchi o'rinni egalladi. Bundan tashqari, Mario ikki marta mamlakatning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan.


Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика