Mane jarohat oldi
09 noy 2022 12:37
Yangiliklar
Mane jarohat oldi
Hujumchi Sadio Mane Bundesliga 14-turidan o'rin olgan "Bavariya" – "Verder" uchrashuvida (6:1) jarohatlandi.
Senegal terma jamoasining 30 yoshli futbolchisi 15-daqiqada tizzasini ushlab maysazorda yotdi. U uchrashuvni davom ettirdi, lekin tez orada uni almashtirishga majbur bo'lishdi.
Eslatib o'tamiz, Mane Qatardagi Jahon chempionatida ishtirok etadigan Senegal terma jamoasi futbolchisi hisoblanadi. Senegalliklar turnir mezbonlari, shuningdek, Ekvador va Niderlandiya terma jamoalari bilan "A" guruhidan joy oldi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Суперлига. Шиддатли кечган Пойтахт дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни мағлуб этди
Fikrlar