"Manchester Yunayted"ga Koutino kerak emas
16 apr 2019 13:53
Yangiliklar
"Manchester Yunayted"ga Koutino kerak emas
"Barselona" yarim himoyachisi Filippe Koutino "Manchester Yunayted"ga o'tmaydi.
Malumotlarga ko'ra, "qizil iblislar" rahbariyati futbolchi transferidan voz kechdi. "Barselona"ga qarshi "Old Trafford"da bo'lgan CHempionlar ligasi 1/4 final bahsida muxlislar Koutinoni xushtaklar bilan kutib olishdi va MYU bu g'oyadan voz kechishga qaror qildi. Mankunianlar ishqibozlari Koutinoni "Liverpul"da o'ynagani uchun yoqtirishmaydi.
Oldinroq, ingliz klubi Filippe Koutino uchun "Barselona"ga 100 mln. evro to'lashga tayyorligi elon qilingan edi.
Joriy mavsum 26 yoshli yarim himoyachi LaLiganing 30ta uchrashuvida 5ta gol urdi va 2ta golli pas berdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar