"Manchester Yunayted" tajribali darvozabon bilan shartnomani uzaytirmoqchi
10 may 13:31
Yangiliklar


"Manchester Yunayted" tajribali darvozabon bilan shartnomani uzaytirmoqchi
"Manchester Yunayted" o'zining tajribali darvozaboni bilan shartnomani uzaytirmoqchi.
Insayder Fabricio Romanoning so'zlariga ko'ra, klub rahbariyati 39 yoshli Tom Xiton bilan shartnomani yana bir mavsumga, yani 2026 yilning iyun oyi oxirigacha uzaytirish borasida muzokara boshlashga qaror qilgan. Darvozabonning vakillari va MYU o'rtasida uning jamoaning uchinchi darvozaboni bo'lib qolishini taminlash bo'yicha aniq muzokaralar davom etmoqda.
Qayd etilishicha, "qizil iblislar" murabbiylar shtabi uning yosh futbolchilarga ko'rsatayotgan yordamidan mamnun.
Eslatib o'tamiz, Tom Xiton "Manchester Yunayted"ga 2021 yilning yozida erkin agent sifatida kelib qo'shilgandi. Shundan so'ng u klub safida barcha musobaqalarda bor-yo'g'i 3 o'yinda maydonga tushdi va 2022/23 yilgi mavsumda Liga Kubogi g'olibi medalini qo'lga kiritdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar