"Manchester Yunayted" Portugaliya terma jamoasi vingeri uchun taklif tayyorlamoqda
26 mar 13:05
Yangiliklar
"Manchester Yunayted" Portugaliya terma jamoasi vingeri uchun taklif tayyorlamoqda
"Manchester Yunayted" Lissabonning "Sporting" klubi vingeri Fransishku Trinkanni o'z safiga qo'shib olishga urinib ko'radi.
25 yoshli futbolchi joriy mavsumda o'zini yorqin ko'rsatmoqda, shu sababli matbuot uni tez orada top-klublardan biriga o'tishi bilan bog'lamoqda.
"Barselona"ning sobiq futbolchisi uchun asosiy davogar "Sporting"ning sobiq ustozi Ruben Amorim boshchiligidagi "Manchester Yunayted" hisoblanadi. Jurnalist Saymon Mallokning yozishicha, "qizil iblislar" allaqachon "sherlar" hujum chizig'i etakchisiga transfer taklifi tayyorlamoqda. Ehtimoliy bitim qiymati 30 mln funt sterlingga (deyarli 36 mln evro) baholanmoqda.
Fransishku Trinkan yaqinda Millatlar ligasi doirasida Daniyaga qarshi o'yinda (5:2) dubl qayd etib, Portugaliya terma jamoasi safidagi ilk gollarini urdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar