"Manchester Yunayted" "Barselona" bilan "Vulverxempton" futbolchisi uchun kurashadi
29 may 2022 13:13
Yangiliklar
"Manchester Yunayted" "Barselona" bilan "Vulverxempton" futbolchisi uchun kurashadi
"Goal" xabariga ko'ra, ayni damda portugaliyalik futbolchiga "Barselona"dan tashqari "Manchester Yunayted" tomonidan qiziqishlar bor. Biroq u kelasi mavsum ECHLda o'ynashni istamoqda.
Xavbekka "Barselona" tomonidan bo'layotgan taklif maqul kelayotgani sababli MYUga rad javobini bermoqchi. Uning agenti Jorje Mendesh ikki tomon uchun ham foydali qaror chiqarilishini istamoqda. "Vulverxempton" "Barselona" futbolchisi Nikoga qiziqish bildirmoqda, ammo kataloniyaliklar uni ijaraga berishni lozim topyapti.
"Yunayted" transfer uchun 50 million evro ajratgan. Nevesh esa hozirda moliyaviy tomonlama qiyinchilikka uchrayotgan "Barselona"ning yakuniy qarorini kutmoqda.
O'tgan mavsumda Ruben Nevesh 33 o'yinida qatnashib, 4 gol va 2 assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Суперлига. Шиддатли кечган Пойтахт дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни мағлуб этди
Fikrlar