PSJ asosiy futbolchisi bilan yangi shartnomani kelishib oldi
24 fev 12:36
Yangiliklar
"Pari Sen-Jermen" Joau Nevesh bilan shartnomani uzaytirish niyatida. Klub bu mavsumdagi o'sishini yuqori baholayapti.
"Le Parisien" axborotiga ko'ra, 21 yoshli yarim himoyachi 2030 yilgacha amal qiladigan yangi shartnomaga imzo chekadi.

Portugaliyalik xavbek Parijga "Benfika"dan 65 mln evro evaziga kelgan va atigi bir mavsum ichida uning bozor qiymati deyarli ikki baravarga oshgan. CIES Football Observatory’ning yanvar oyidagi reytingiga ko'ra, portugaliyalik yulduz hozir 130 mln evroga baholanmoqda — bu uni dunyodagi eng qimmat o'yinchilar orasida 8-o'ringa, markaziy yarim himoyachilar ichida esa 1-o'ringa qo'yadi.
Nevesh o'tgan mavsum PSJ yarim himoyasida asosiy figura sifatida o'zini ko'rsatdi. Etiborli jihati, Chempionlar Ligasi finalining start tarkibida u asosiy futbolchilar orasidagi eng kam maosh oluvchi inson bo'lgan.
Yangi shartnoma shu nomutanosiblikni bartaraf qiladi — endi uning moliyaviy shartlari jamoadagi roli va o'yindagi samaradorligiga mos bo'ladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar