So’nggi yangiliklar

18:20"Барселона" Рэшфорднинг ҳуқуқларини сотиб олишга тайёр  0 17:57Про лига. "ФарДУ" сафарда "Олимпик"ни ишончли ҳисобда мағлубиятга учратди  0 17:47Сергей Лушчан "Навбаҳор"ни тарк этдими?  7 17:40Экитике: "Ливерпуль" мен учун қанча тўлагани қизиқ эмас"  0 17:18Пеп Гвардиола: "Абдуқодир Ҳусанов жисмоний жиҳатдан айни кучга тўлган Кайл Уокерга ўхшайди"  3 16:52"Реал" Салибага қизиқишини сақлаб қолган  0 16:24Аморим "Интер" футболчисини "Манчестер Юнайтед"га олиб келмоқчи  1 15:55Франция Дембеленинг ғалабасидан сўнг "Олтин тўп" соҳиблари сони бўйича биринчи ўринга чиқиб олди  2 15:32"Футбол олами". "Навбаҳор"да 0:5, "Пахтакор" аутсайдерни юта олмади, ОКМКдан 5:1  0 15:06Антонио Конте: "Скудеттодан кейин биздан умидлари катта"  1 14:39Ўзбекистон U-15 терма жамоаси ОКМК U-16га ҳеч қандай имкон қолдирмади  2 14:11"Арсенал" асосий футболчиси 2 ойга сафдан чиқди  2 13:42Жоан Лапорта: "Олтин тўп" учун сўровномадаги иккинчи ўрин Ямалга мотивация беради"  13 13:14"Барселона" ярим ҳимоячиси тахминан 3 ҳафта майдонга тушолмайди  0 12:46Қосим-Жўмарт Тўқаев ФИФА президенти билан учрашди  4

"Manchester Siti" yoshlari derbidagi bu harakati orqali barchaga o'rnak bo'ldi Yangiliklar

"Manchester Siti" yoshlari derbidagi bu harakati orqali barchaga o'rnak bo'ldi

Yakunda 2:4 hisobida mag'lub bo'lishdi.

Manchesterdagi mini-derbi qaynadi: "Siti"ning U-18 jamoasi ketma-ket 20 o'yindan beri yutqazmayotgandi, biroq "Yunayted" qo'shnilari yuziga shapaloq tortgandek bo'ldi.

Garchi tomonlarning principialligi yuqori darajada bo'lsa-da, derbi feyr-pley qoidalariga ko'ra o'tkazildi. Xo'sh, aslida nima bo'ldi?

"Siti" futbolchisi jarohat olgani sababli MYU himoyachilari to'pni autga chiqarib yuborgandi. Xemilton esa to'pni autdan raqiblariga oshirib berdi. Xurado esa to'pga tegmasdan, uning maydondan tashqariga chiqib ketishini istagandi. Biroq Tay Sodje vaziyatni tushunmadi va borib gol urdi. "Yunayted"ning murabbiylari va futbolchilarining jahli chiqdi, hakam esa golni inobatga oldi.

"Siti" akademiyasi bosh murabbiyi bunga ajoyib reakciya bildirdi: Karlos Visens esa gol o'tkazib yuborish kerakligini talab qildi. Yakunda hech kim CHarli Maknilga qarshilik ko'rsatmadi: u darvoza yoniga bordi va xotirjam gol urdi.

Aytgancha, ushbu o'yinda MYUning barcha gollarini CHarli kiritdi. Yigitcha ushbu mavsum 12 o'yinda 11 gol urdi, ammo ahamiyatli jihati shundaki, u ushbu mavsum oldidan aynan "Siti"dan "Yunayted"ga o'tgandi.

Siz bu bolakay haqida aniq eshitgansiz: u o'smirlar futbolida 600tadan oshiq gol urgan. Britaniya matbuotining yozishicha, u "Yunayted"ga muxlislik qiladi, lekin so'nggi 6 yilni "Siti" akademiyasida o'tkazgan. Yozda 16 yoshli futbolchiga "Siti" professional shartnoma taklif qilgan, ammo u "Yunayted" yoshlari tarkibiga o'tishni istagan.

Ushbu rasm orqali uning sevimli jamoasini bilib olish qiyin emas)

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика