"Manchester Siti" yanvarda Gvardiolaning klubdagi kelajagi bo'yicha qaror qabul qilishini kutmodqa
20 noy 2024 00:20
Yangiliklar
"Manchester Siti" yanvarda Gvardiolaning klubdagi kelajagi bo'yicha qaror qabul qilishini kutmodqa
"Manchester Siti" rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Xosep Gvardiola 2025 yilning yanvarida klubdagi kelajagi bo'yicha qaror qabul qilishini kutmoqda.
Eslatib o'tamiz, ispaniyalik mutaxassisning "shaharliklar" bilan amaldagi kelishuvi bo'lajak yozga qadar mo'ljallangan.
"Manchester Siti" Gvardiolaning klubdagi kelajagi joriy mavsumning so'nggi oylarida sovrinlar uchun bo'ladigan kurashda jamoani chalg'itib qo'yishi mumkinligidan qochmoqchi. Qayd etilishicha, ispaniyalik mutaxassisning o'zi ham buni istamaydi.
"Manchester Siti"da Gvardiolaning joyiga ehtimoliy nomzod sifatida "Bayer" bosh murabbiyi Xabi Alonso ko'rilmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
Fikrlar