Manchester Siti Real yulduzi bilan muzokara olib bordi
26 mar 09:07
Yangiliklar
Manchester Siti Real yulduzi bilan muzokara olib bordi
Rodrigo yozda Madriddan Manchesterga ko'chib o'tishi mumkin.
Braziliyalik futbolchining otasi bir necha kun avval «Manchester Siti» rahbariyati bilan uchrashgan. «Shaharliklar» futbolchiga «Real»ga nisbatan ancha katta maosh taklif qilishgan. Shuningdek, Rodrigoga hujumning istalgan chizig'ida o'ynash vadasini berishgan. «Manchester Siti» futbolchining transferi uchun 100 million evrodan ko'proq to'lashga tayyor.
Rodrigo joriy mavsum «Real» safida 41 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 13 ta gol va 8 ta golli uzatma bor. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar