"Manchester Siti" rahbariyati Gvardiolaning ketishi borasida jiddiy xavotirda
05 fev 14:56
Yangiliklar
"Manchester Siti" rahbariyati Gvardiolaning ketishi borasida jiddiy xavotirda
2024 yil noyabrda Pep Gvardiola "Manchester Siti" bilan shartnomasini 2027 yilning yozigacha uzaytirgandi va shu orqali "shaharliklar" rahbariyati murabbiyning kelajagi borasida xotirjam bo'lgandi.
Biroq oradan 1,5 yil ham o'tmay, bu xotirjamlik yo'qoldi.
"BBC Sport" manbalarining xabar berishicha, Gvardiolaning omma oldida ishni davom ettirish niyati haqidagi bayonotlariga qaramay, "Etixad"da bu so'zlar haqiqatga to'la mos ekaniga hech kim kafolat bermayapti.
Klub ichida ispaniyalik murabbiy amaldagi shartnomasini to'liq ado etadimi, degan masalada noaniqlik mavjud. Hatto shartnoma oxirigacha ishlagan taqdirda ham, uni yana uzaytirishi ehtimoli past deb baholanmoqda.
Shu tariqa, manba Gvardiolaning ketish ehtimolini juda yuqori deb hisoblamoqda. Biroq bu ketish shu yozda bo'ladimi yoki kelasi mavsumda, hozircha ochiq savol.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar