"Manchester Siti" jazolandi
19 dek 2023 20:13
Yangiliklar
"Manchester Siti" jazolandi
"Manchester Siti" futbolchilari APL doirasida "Tottenxem"ga qarshi o'yin yakuni arafasida hakamlar bilan tortishib ketgandi.
Natijada "shaharliklar" Angliya FA tomonidan jarimaga tortildi.
3 dekabr kuni bo'lgan uchrashuvda "Etixad"da tomonlar 3:3 hisobida durang qayd etgandi. Bahs yakuni arafasida bahsli holat yuzaga kelgandi.
Qo'shib berilgan daqiqalarda Jek Grilish raqib posboni bilan birga-bir holatga chiqib borayotganida bosh hakam Saymon Xuper o'yinni to'xtatib, "Siti" foydasiga jarima zarbasi belgilagandi.
Bunga "shaharliklar" futbolchilari keskin tanqid bildirishdi va hakamga qattiq gap-so'zlar aytishdi. Natijada Angliya FA klubni jazolashga qaror qildi. Unga ko'ra, "Manchester Siti" 120 ming funt jarimaga tortildi.
Ayni damda 4-o'rinni egallab turgan "Siti" peshqadam "Arsenal"dan 5 ochkoga ortda qolmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar