"Manchester Siti" jamoa vingeri bilan xayrlashishga tayyor
17 jan 16:01
Yangiliklar
"Manchester Siti" jamoa vingeri bilan xayrlashishga tayyor
"Manchester Siti" klubi qanot hujumchisi Oskar Bobb qishki transferlar davrida jamoani tark etishi mumkin.
Bobbning joriy transfer oynasida ketish ehtimoli ortdi, chunki uning asosiy tarkibga qaytishi Antuan Semeno kelganidan keyin yanada qiyinlashdi.
So'nggi bir yarim yil davomida Bobb sport formasi va o'yin amaliyotida muammolarga duch kelmoqda. Futbolchiga "Tottenxem”, "Kristal Pelas" va Dortmundning "Borussiya" klublari qiziqish bildirmoqda.
Joriy mavsumda 22 yoshli norvegiyalik futbolchi barcha musobaqalarda 15 ta o'yinda maydonga tushib, birorta ham gol urmadi, biroq bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Bobbning "Manchester Siti" bilan shartnomasi 2029 yilgacha mo'ljallangan. Transfermarkt futbolchining narxini 25 million evroga baholamoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar