Manba: Gyundogan "Barselona" bilan dastlabki shartnomani imzoladi
19 jan 2023 19:01
Yangiliklar
Manba: Gyundogan "Barselona" bilan dastlabki shartnomani imzoladi
"El Chiringuito TV" telekanali jurnalisti Xose Alvares Gayya xabariga ko'ra, "Barselona" 2023 yilning yozida "Manchester Siti" yarim himoyachisi Ilkay Gyundoganni sotib olishga rozi bo'ldi.
Qayd etilishicha, 32 yoshli germaniyalik yozda, "shaharliklar" bilan shartnomasi yakunlanganidan so'ng kataloniyaliklar safiga o'tadi. Gyundogan va "Barselona" allaqachon dastlabki kelishuvga erishgan. Futbolchining fikricha, uning "Manchester Siti"dagi faoliyati yakuniga etdi.
Gyundogan Angliya klubida 2016 yildan beri o'ynamoqda. "Siti" bilan u to'rtta chempionlik, to'rtta Liga Kubogi, Angliya Kubogi va Angliya Superkubogini qo'lga kiritgan. 2021 yilda "ko'klar" CHempionlar Ligasi finaliga qadar etib borgan va u erda "CHelsi"ga yutqazgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar