"Man Siti" Messining ehtimoliy transferi sabab de Bryuynega kamroq maosh taklif qildi
06 jan 2021 16:10
Yangiliklar
"Man Siti" Messining ehtimoliy transferi sabab de Bryuynega kamroq maosh taklif qildi
Yarim himoyachi Kevin de Bryuyne "Manchester Siti"ning yangi shartnoma borasidagi taklifini rad etdi.
Gap shundaki "shaharliklar" 29 yoshli belgiyalik futbolchiga hozirgidan kam maosh taklif qildi.
Jurnalist Sem Lining malumotiga ko'ra, bu "Barselona" forvardi Lionel Messining ehtimoliy transferi bilan bog'liq.
De Bryuyne joriy mavsum Angliya chempionati doirasidagi 14ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 8ta assist qayd etdi. U Angliya klubida 2015 yildan beri o'ynaydi. Uning shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Messining "Barselona" bilan shartnomasi joriy mavsumning so'nggiga qadar ko'zda tutilgan. U hozirda yozdagi bitim uchun muzokaralar o'tkazish huquqiga ega.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar