"Man Siti" Alvaresni sotmoqchi emas, ammo Xulian ko'proq o'ynamoqchi. PSJ futbolchiga qiziqmoqda
14 iyu 2024 15:20
Yangiliklar
"Man Siti" Alvaresni sotmoqchi emas, ammo Xulian ko'proq o'ynamoqchi. PSJ futbolchiga qiziqmoqda
"Manchester Siti" Xulian Alvaresni sotmoqchi emas.
Manchester klubi Argentina terma jamoasi futbolchisi bilan yana uchrashadi va u bilan Amerika kubogidan so'ng vaziyatni muhokama qiladi.
Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, Alvares ko'proq o'ynamoqchi, "Man Siti" esa uni hech qachon sotishni xohlamagan va narx o'rnatmagan.
Qayd etilishicha, hujumchining xizmatlariga PSJ qiziqmoqda, ammo "Siti" baribir o'yinchini saqlab qolmoqchi.
Alvaresning "Manchester Siti" bilan amaldagi kelishuvi 2028 yilga qadar mo'ljallangan. Forvard 2023/24 yilgi mavsum APL doirasida 36ta o'yinda maydonga tushib, 11ta gol va 9ta assist qayd etdi.
Transfermarkt o'yinchini 90 million evroga baholamoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar