So’nggi yangiliklar

19:31Ўзбекистонлик ҳакамлар “SEA Games Thailand 2025” мусобақасида фаолиятини давом эттиради  0 19:04А Серия. "Милан" 77-дақиқада тўп ўтказиб юборган ҳолда, ўз уйида "Сассуоло"ни мағлуб этолмади  5 18:22"Удинезе" — "Наполи". Таркиблар маълум  0 18:08Суперлига ўтиш ўйинини ким бошқаради?  4 17:49"Манчестер Сити" ва "Тоттенхэм" ўйинлари учун таркиблар маълум  16 17:33Марко Станоевич Ўзбекистондаги фаолияти, "Насаф"дан кетиши ва унга қарши ўйнаган энг яхши футболчилар ҳақида гапирди   1 16:54"Персеполис" — "Алуминиум Арак". Таркиблар маълум  1 16:15"Насаф": Умар Эшмуродов билан шартнома узайтирилди  0 15:13"Гулистон" 16 декабрдан ўқув-йиғин машғулотларига киришади. Клуб президенти, директори ва бош мураббийи маълум  13 14:31"Тоттенхем" 70 миллионлик форвардни нишонга олди  4 13:57"Реал" янги ҳимоячининг трансфери бўйича келишиб олди  2 13:11"Реал" Камавингага нарх қўйди  7 12:22"Реал" "Манчестер Юнайтед"дан ҳимоячи сотиб олиши мумкин  4 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: “Сити”, “Бавария”, “Реал” ва бошқалар  0 11:34"Реал" Хаби Алонсони бугуноқ истеъфога чиқариши мумкин  29

Mamur Ikromov: "Bugungi o'yinda ham darvozada Zuhurov tursa kerak" Yangiliklar

Mamur Ikromov: "Bugungi o'yinda ham darvozada Zuhurov tursa kerak"

Malumki bugun "Paxtakor" Markaziy stadionida milliy terma jamoamizning Iordaniyaga qarshi javob o'yini bor.
Mazkur bahsdan oldin, saytimiz orqali sizlarga murabbiylar va futbolchilarning fikrlarini berib bormoqdamiz. Bu safargi navbat Mamur Ikromovga etib keldi.

"Metallurg" posboni o'yinoldi fikrlarini bildirar ekan, jumladan shunday dedi: “Futbolchilarmiz safardagi dastlabki bahsda yomon o'yin ko'rsatishmadi. Iordaniyalik futbolchilar o'yinning boshlarida, hujumkorlikni oshirishga harakat qilishdi. Biroq keyinchalik, raqib futbolchilari charchab qoldi shekilli, yigitlarimiz ustunlikni o'z qo'liga olishdi. O'yinni nazorat qilish va to'pni ushlab turish borasida usunlikka erishdik deb o'ylayman”.

“Bunday pley-off bahslari oldidan, biror bir jamoani imkoniyatini yuqori baholash qiyin. Lekin bugun terma jamoamizning, o'z maydonida muxlislar qarshisida o'ynashini inobatga oladigan bo'lsak, biroz ustunlik biz tomonda deyish mumkin. Taxminan, 2:0 yoki 3:0 hisobida g'alaba qozonamiz”.

“Dastlabki o'yinda darvozada turgan Murod Zuhurov yomon harakat qilmadi. Menimcha, bugungi o'yinda ham darvozani Zuhurov qo'riqlasa kerak. SHuningdek tarkibda ham katta o'zgarishlar qilinmasa kerak”.


Islombek Rustambekov yozib oldi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика