So’nggi yangiliklar

20:58U-21 биринчилиги. "Пахтакор" - чемпион!  0 20:36Эндрик учун янги даъвогар пайдо бўлди  1 19:55Криштиану Роналду қизини 8 ёши билан табриклади: "Даданг сени жуда яхши кўради ????"  1 19:34Карло Анчелотти: "Реал"да дуранг — бу инқирознинг бошланиши?"  2 18:15Жоан Лапорта: "Ламин Ямал — даҳо, дунёда ўз позициясида энг яхшиси, аммо ҳали чўққига етмаган"  5 17:48Тони Пулис: "ВАР кўрилиши икки дақиқадан ошмасин ва соф ўйин вақтини жорий этиш керак"  3 17:08U-19 чемпионати. Ярим финалда Тошкент ҳамда Қашқадарё дербиси бўлади  1 16:53Жереми Доку: "Арсенал" ёки бошқаларни кузатмаймиз. Агар "Ман Сити" яхши ўйнаса, биз билан рақобат қилиш қийин"  7 16:14Гвардиола ёзда "Манчестер Сити"ни тарк этиши мумкин  2 15:27Жоан Лапорта: "Барселона" ва "Реал" ўртасидаги муносабатлар яхши эмас"  1 15:24"Футбол олами". "Нефтчи" чемпионликни Фарғонада нишонлаш имконига эга бўлди..."  6 15:03U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон - Панама 6:1  1 14:35Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мағлубиятга учради  25 14:18Жоан Лапорта: "Месси эндиликда “Барселона”га футболчи сифатида қайтмайди"  7 13:21"Реал" Эндрикни қўйиб юборишга рози бўлди  1

Maksim SHackix: "Yirik hisobda g'alaba qozonishimiz kerak edi" Yangiliklar

Maksim SHackix: "Yirik hisobda g'alaba qozonishimiz kerak edi"

"Paxtakor" hamda "Metallurg" o'rtasidagi Superliganing 17-tur o'yinidan (1:0) so'ng mezbon jamoa ustozi Makim SHackix matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Maksim SHackix: "O'yinni to'liq nazorat qildik. Masalani birinchi bo'limdayoq hal qilishimiz kerak edi. Raqib katta kuch bilan himoyalanishini va qarshi hujumda o'ynashini bilardik. SHu sababli darvozamiz oldida ham yarim vaziyatlar paydo bo'ldi. Yirik hisobda g'alaba qozonishimiz kerak edi."

- Bugun qaysidir manoda zerikarli o'yin ko'rgandek bo'ldik. Superliganing ko'plab o'yinlari faqat natija uchun bo'lmoqda va bahslar zerikarli ko'rinyapti. Bu turnir darajasi va tomoshabopligiga salbiy tasir ko'rsatadimi?

- Daraja ancha baland. Istalgan raqib bilan bahs og'ir o'tyapti. To'g'ri, kam gol urilyapti va bu muxlislarga yoqmasligi mumkin. Biroq so'nggi soniyagacha intriga saqlanib turibdi. Ammo bu biz murabbiylar uchun yoqimli holat emas. Bugun ishonchli o'yin namoyish etdik. Hozir tomoshabop o'yindan 3 ochko muhimroq. Ayni damda so'nggi pasda muammolar bor.

- So'nggi bahslarda Eldor Suyunov xatto qaydnomaga ham kiritilmayapti. Bu nima bilan bog'liq, unda jarohat bormi?

- U ikkinchi jamoamiz safida shug'ullanyapti. O'ziga bo'lgan talabni tushirib yubordi. Boshqa hech narsa deya olmayman.

- "Nasaf"ga qarshi Superkubok bahsiga tayyorgarlik qanday kechadi? Yaqinda ularga qarshi o'ynadingiz, qanday xulosalar chiqardingiz?

- Keragini oldik. O'yin ko'rsatadi. Ular tomonidan hech narsa o'zgarmasa kerak, biz biroz agressivroq bo'lishimiz lozim. O'yin chempionatdagidan boshqacha kechadi deb o'ylayman. Bu bitta o'yinli turnir. Har bir o'yinga finaldagidek chiqish lozim, shunda o'sishga erishamiz.

- Avgust boshidagi ikkita mag'lubiyatdan so'ng jamoa "chuqur"ga tushib qolgandek edi. Biroq "Paxtakor" so'nggi uch o'yinda 2ta g'alaba va bitta durangga erishdi.

- "CHuqur"da bo'lmaganmiz, shunchaki muvaffaqiyatsiz start bo'lgan. O'yinlarni yaxshilab tomosha qiling, omad etishmagan. Ko'p vaziyatlar yaratganmiz, "chuqur" degan gap yo'q. Yig'inlardan so'ng chempionat bahslariga kirishib ketish qiyin bo'ladi. O'rtoqlik va rasmiy o'yinning farqi bor. Yig'inlarda xato qilsangiz hech qisi yo'q, mayli. Asosiysi qanday mag'lubiyatga uchraganingizni tushunib olishingiz muhim. Ha, kutganimizdek start ololmadik. Biroq "Paxtakor" - chempion. Jamoamiz irodali ekanligini bir necha marotaba isbotladik. Hozir hammasi o'zimizga bog'liq. Yigitlarda mahorat etarli. Tarkibda terma jamoa futbolchilari etarlicha. Asosiysi xohish.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика