So’nggi yangiliklar

23:26ЛаЛиганинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси эълон қилинди  0 23:05Суперлига. "Хоразм" – "Навбаҳор" 1:1  0 22:53Миржалол Қосимов: "Бугун тўп билан муомала қила олмадик"  1 22:26Баҳром Ҳайдаров: "ОКМКдек жамоани ютиш биз учун катта шараф"  1 22:15U-21 биринчилиги. 23-турда пешқадам ўзгарди, "Бунёдкор"дан 6:1 ва бошқа натижалар  1 21:47Шерзод Жўраев: "Ҳозир кўпроқ футболчиларни руҳан тиклаш устида иш олиб боряпмиз"  5 21:24Ҳаким Фузайлов: "Шогирдларимга охиригача курашишгани учун раҳмат айтаман"  4 21:08Суперлига. ОКМК ўз уйида "Қўқон-1912"га мағлуб бўлди  23 20:53"Ливерпул"нинг ёз учун асосий мақсади аниқ  3 20:22Ўзбекистон U-20 термасининг Қозоғистонга қарши ўйинлар учун қайдномаси маълум қилинди  4 19:49Ламин Ямаль 2-3 ҳафтага сафдан чиқди  11 19:2028 ёшли Матета илк бор Франция терма жамоасига чақирилди  2 18:58Суперлига. Иккита пенальти тепилган беллашувда "Навбаҳор" бир киши кам "Хоразм" билан дуранг ўйнади  25 18:18Ўзбекистон терма жамоаси таркибидан тушиб қолган футболчилар  28 17:54Ўзбекистоннинг Кувайт ва Уругвай билан ўйинлар учун таркиби маълум  49

Maksim SHackix nomidagi legioner to'purarlar klubi haqida bilasizmi? Yangiliklar

Maksim SHackix nomidagi legioner to'purarlar klubi haqida bilasizmi?

O'zbekiston terma jamoasi sobiq hujumchisi Maksim SHackix Kievning "Dinamo" klubida oltin davrlarini boshdan kechirganini barcha yaxshi biladi.

Biroq hamma ham SHackix nomidagi to'purarlar klubi borligi haqida bilmaydi. Ushbu klub reglamenti bilan quyida tanishib olish mumkin. Biz bu klubga Luis Adriano, Aleks Teysheyra, Genrix Mxitaryan va Fernandino kabi hozirgi jahon yulduzlari azo ekanini takidlab o'tamiz. 171ta gol bilan yakka peshqadam bo'lib turgan Maksim SHackix yaqin yillar ichida birinchi o'rindan tushmaydi.


Maksim SHackix nomidagi legioner to'purarlar klubi klub reglamenti:

1. Ushbu klubga quyidagi shartga mos kelgan futbolchilar kirishi mumkin:

1.1 O'z faoliyati davomida Ukraina klublari safida 40tadan ortiq gol urgan futbolchilar.

1.2 Boshqa mamlakat fuqarosi yoki Ukraina fuqarosi bo'lgan boshqa mamlakat terma jamoasini himoya qilgan (Belkevich, Demchenko).

2. Klubga azo bo'lgan futbolchilarning quyidagi gollari hisoblanadi:

2.1 CHempionat (Premer-liga), Ukraina Kubogi va Ukraina Superkubogi.

2.2 CHempionlar ligasi, Evropa ligasi, Kubok egalari kubogi, UEFA Superkubogi, Intertoto kubogi, Qitalararo kubok va klublar o'rtasidagi Jahon chempionati.

3. Klubning maqsadi

3.1 Ukraina futboli tarixidagi legioner futbolchilarning natijalarini saqlab qolish. Ukraina klublari safida gol urgan futbolchilarning mehnatini qadrlash.

4. Klub nomi

4.1 O'zbekistonlik Maksim SHackix sharafiga qo'yilgan. Aynan u birinchi bo'lib Ukraina klubi safida 100ta gol urishga erishgan legioner hisoblanadi.

4.2 2010 yil 18 iyul kuni Maksim SHackix og'izaki tarzda o'z ismini notijorat yo'lda foydalanishga ruxsat berdi. SHu bois ham legioner to'purarlar klubi nomi aynan uning nomi bilan atalmoqda.


2016 yil 21 aprel kungi holat bo'yicha:

 #       
Futbolchilar Jami     
UCH UK     
EK     
1 Maksim SHackix 171 124     
24 23
2 Luis Adriano 128 80 16 32
3 Brandao 91 65 11 15
4 Aleks Teysheyra 89 67 10 12
5 Vasil Gigiadze 74 61 10 3
6 Diogo Rinkon 71 46 13 12
7 Valentin Belkevich       
69 51 9 9
8 Laki Idaxor 64 54 7 3
9 Jadson 64 41 6 17
11 Georgiy Demetradze 63 52 8 3
11 Avtandil Kapanadze 63 57 6 0
12 Genrix Mxitaryan 61 50 5 6
13 Xaver Kleyton 59 46 2 11
14 Julius Agaxova  55 35 10 10
15 Fernandino 53 31 9 13
16 Eduardo 50 34 9 7

UCH - Ukraina CHempionati
UK - Ukraina Kubogi va Superkubogi
EK - Evrokuboklar

Reyting: +30   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика