So’nggi yangiliklar

09:00Жаҳон чемпионати учинчи саралаш босқичининг муҳим ўйинлари олдидан ЎФА президенти Абдусалом Азизов миллий жамоа билан учрашди  1 08:26Греция терма жамоаси аъзоси уйидан ўлик ҳолда топилди  0 08:00ЖЧ саралаш. Бугун терма жамоамиз Эронга қарши баҳс олиб боради  15 00:35Жюль Кунде терма жамоа йиғинларидаги образи бўйича бирдирилган танқидларга жавоб берди  3 23:55Иньеста "Барса" ва "Реал" рақобати чўққига чиққан пайтда Испания термасидаги муҳит ҳақида гапирди  0 23:26Эрлинг Холанд Габриэлнинг бошига тўп улоқтирганидан афсусланмаслигини айтди  2 22:38Эрон терма жамоасининг Ўзбекистонга қарши ўйин олдидан ўтказган машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  11 22:19Дисквалификация муддати қисқарган Поль Погбанинг "Ювентус"даги келажаги аниқ бўлди  3 21:38Тен Хаг "Манчестер Юнайтед" машғулот базасида баланд девор қурдирди. У машғулотларини бегона кўзлардан беркитмоқчи  10 21:10Жозе Моуринью Арда Гюлерни жамоасига олиб келмоқчи  4 20:47Россия термаси октябрь ойидаги ФИФА кунларида ўйин ўтказмайди. Ўйинчилар очиқ машғулот ўтказиб, клубларига қайтишади  14 20:21Расман: "Сўғдиёна" жамоанинг асосий ўйинчиси билан шартномани узайтирди  6 19:56Англия футбол ассоциацияси Пакетани футболдан умрбод четлатишга чақирмоқда  6 19:31Шайхлар "Сент-Жеймс Парк" стадионини реконструкция қилиш учун 1 млрд фунт сармоя киритади  1 19:02Нико Уильямс жароҳати сабаб Испания терма жамоаси ўйинларини ўтказиб юборади  1

Maksim SHackix: "Har bir uchrashuvda omadsizlikka duch kelmoqdamiz. Bugun Saitov kutilmaganda jarohat oldi" Yangiliklar

Maksim SHackix: "Har bir uchrashuvda omadsizlikka duch kelmoqdamiz. Bugun Saitov kutilmaganda jarohat oldi"

Superliga 7-turi doirasida o'tkazilgan "Olimpik" - "Paxtakor" (1:2) uchrashuvidan so'ng "Paxtakor" bosh murabbiyi Maksim SHackix matbuot anjumanida ishtirok etdi

O'yin haqida

- Barchaga hayrli kech. O'yin qiziqarli bo'ldi, ayniqsa ikkinchi bo'limda. To'g'ri reja tanlagadik deb o'ylayman, lekin birinchi bo'limda o'yinimiz chiqmadi. To'p bilan juda sekin harakatlandik va ayniqsa himoyadan hujumga o'tishga oqsadik. Ikkinchi taymda esa o'zimizga kelib oldik. Darvozamiz dahlsizligini saqlab qola olmagan bo'lsak ham, yakunda g'alaba qozondik va muhim uch ochkoni qo'lga kiritdik.

- "Paxtakor" jamoasida jarohatlar soni ko'payib ketdi, ayniqsa so'ngi uchrashuvlar bunga yaqqol isbot. Bugun Saitov, o'tgan o'yinlarda Asqarov va Merklar jarohat olishdi. Bunga sabab nima deb o'ylaysiz? SHuningdek, Hojiakbar Alijonovning holatida ham bizga nomalum. Alijonov qachon safga qaytishi haqida malumot bersangiz?

- Alijonov masalasiga to'xtalsak. Hojiakbar qachon va qaerda jarohat olganini o'zingiz yaxshi bilasiz. Biz uni ataylab Turkmanistondagi OCHL o'yinida maydonga tushirmagan edik. Biz uni asragandik, lekin terma jamoada uni o'ynatishdi. Natijasini esa o'zingiz ko'rib turibsiz. Yarim yildan ortiq vaqt o'tdi, Hojiakbar hali safga qaytgani yo'q. Har hafta mana endi tiklanadi degan umid bilan yashamoqdamiz. Hozirgi holati yaxshi, og'riq va jarohat yo'q. Lekin o' hali o'z sport formasiga qaytib olishi kerak. Individual mashg'ulotlarni boshlab yuborgan. Keyingi hafta yana bir tekshiruvdan o'tadi va doktorlarning hulosasidan kelib chiqib bir qarorga kelamiz. Alijonovni kutmoqdamiz va u ham futbolni sog'ingani aniq. Tezroq maydonga qaytishni istamoqda. Saitov esa yo'q joydan jarohat oldi. Omadsizlik ro'y berdi va yo'q joydan jarohat oldi. Ertaga Saitovni ham tekshirtiramiz. Kimi Merk o'tgan o'yinda kichik jarohat oldi va u bir nechta o'yinni o'tkazib yuboradi. Dragan CHeran ham jarohatidan sekin astalik bilan tiklanmoqda. CHeran dastlabki daqiqalardan o'ynashga tayyor emas. Unga biroz vaqt kerak. Bunday yo'qotishlar juda alamli.

- Jamoa o'tish vaqtini boshidan o'tkazmoqda. Bunday jarayon oson kechmaydi va o'ziga yarasha muammolar bo'lishi tabiiy. Jamoadagi ichki muhim va futbolchilarning o'zaro muloqotlari qanday? Bugun maydonda CHeran Hamdamovga qo'pol javob berdi va uni so'kdi. CHeranning qo'pol gaplari barchaga eshitildi.

- Ishoning siz eshitgan so'zlar, ularning har kuni suhbati. Jamoada hammasi yaxshi. O'sha vaziyatda Dragan qizishib ketgan edi va shunday so'zlarni ishlatdi, ammo har mashg'ulotimizda bunday so'zlar ko'p ishlatiladi. Hozir kiyinish xonasiga kirsangiz, ular bir birini quchoqlab g'alabani nishonlayotganini ko'rasiz. CHeran va Hamdamov yaqin do'stlar va ularning o'zaro so'hbati shunday sal qo'polroq. Hamdamov noto'g'ri harakat qilgandi va shu sabab CHeran unga etiroz bildirdi.

- Jamoangizda to'p bilan harakatlanish juda sekinligi va bog'lovchi vaziyatlarda tez qaror chiqarish bo'yicha muammolar borligini aytdingiz? Ushbu muammolar qachon bartaraf etilishi mumkin? Jamoada yosh futbolchilar ko'pligi va ularda tajriba kamligi tufayli, jamoa o'yini juda sekinlashib ketayotgandek?

- Ushbu muammo faqatgina birinchi bo'limda kuzatildi. Yoshlarga tajriba kerak. Hozirgi "Paxtakor"ga qarab baho bermanglar, sababi biz katta o'zgarishlarga qo'l urdik. Bu hali tayyyor mahsulot emas. 90 foiz tarkibimiz o'zgardi. O'tgan mavsumdan bor yo'g'i uchta futbolchi qoldi. Bizda rotaciya qilishga imkoniyat yo'q. Zaxiradan tushayotgan futbolchilar o'yinni kuchaytirish emas, charchagan futbolchini o'rnini bosish uchun maydonga tushmoqda. Har bir uchrashuvda yana jarohat olmoqdamiz. Bizning zaxiramizdagi futbolchilar U19 jamoasidan asosiy jamoaga o'tib qolishdi. U19 chempionati bilan Superliganing darajasi qanday farq qilishini o'zingiz bilasiz. Yosh futbolchilarida U19 va U21 chempionatlarida o'ynashlariga va o'sha erda tajriba to'plashlari kerak. Bizda esa katta o'zgarishlar bo'lib ketdi. To'g'ri, juda iqtidorli yosh futbolchilar ham uchrab turadi, lekin ular sanoqli. Masalan 40ta yosh futbolchidan bitta dona Abbos Fayzullaevga o'xshagan "vunderkind" chiqishi mumkin. Har bir yosh toifasi muhim poydevor hisoblanadi. Bahona qilmaymiz va ishlashda davom etamiz.




Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика