So’nggi yangiliklar

00:55Фримпонг жароҳати қанчалик жиддий экани маълум бўлди  0 00:51Эдем Неманов: "Медаллар учун курашамиз ва барчаси ўзимизга боғлиқ"  0 00:50Владимир Бубанья: "Насиб бўлса, ўтиш ўйинларида иштирок этмаймиз"  0 00:39Вадим Абрамов: "Самарқанд ЖЧга мезбонлик қиладиган стадионга эга бўлиши керак. Чемпионлик учун курашмаётганимизга ўзимиз айбдормиз"  0 23:55Шерзод Жўраев: "Насаф"дек жамоага қарши футболчиларни алоҳида руҳлантириш шарт эмас"  0 23:30Месси МЛСдаги танаффус пайтида Саудия Арабистони клубига ўтмоқчи эди, аммо саудияликлар бунга рози бўлишмаган  22 23:11Расман: Лучано Спалетти "Ювентус" бош мураббийи этиб тайинланди  3 23:05Суперлига. "Навбаҳор" – "Насаф" 0:0  5 22:59Рўзиқул Бердиев ОКМК билан ўйиндан кейинги матбуот анжуманида айтган гаплари бўйича изоҳ берди (тўлиқ матбуот анжумани)  18 22:31Пирс Морган Криштиану Роналдунинг ҳаётидаги "энг очиқ" интервьюни эълон қилди. Суҳбат кейинги ҳафта премьера қилинади  4 22:02Ҳаким Фузайлов: "Жамоам 70 дақиқа футбол ўйнаяпти. Балки ўрнимга бошқа мураббий мавсумни тугатиб қўйгани маъқулдир"  5 21:39Лисандро оғир жароҳатидан сўнг МЮ машғулотларига қайтди  0 20:50Ибрагимович: "Интер"да бир қоида бор эди: агар кетма-кет икки ўйинда ютқазсак, маошлар кечиктириларди"  2 20:35Суперлига. "Насаф" "Навбаҳор" майдонида очко йўқотди  202 20:27Суперлига. "Динамо" "Хоразм"ни ишончли тарзда мағлуб этди  11

Maksim SHackix: "Bugun futbol o'ynashni, kombinaciyalar qilishni xohlagan ikki jamoa to'qnash keldi" Yangiliklar

Maksim SHackix: "Bugun futbol o'ynashni, kombinaciyalar qilishni xohlagan ikki jamoa to'qnash keldi"

Coca-Cola Superliganing 19-turidan o'rin olgan AGMK - "Paxtakor" (0:2) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Maksim SHackix matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Bugun maydonda futbol o'ynashni istaydigan, kombinaciyalar amalga oshiradigan yaxshi jamoaga qarshi o'ynadik. Vaziyatlar yomon bo'lmadi. Ikkinchi taymda jonli o'yin bo'ldi. Birinchi goldan keyin raqib katta kuch bilan hujumga intildi va shuning oqibatida bizda ko'proq bo'sh hududlar bo'ldi. Bizda gol urish uchun yaxshi vaziyatlar bo'ldi. Ikkinchi golda ham himoyachining xatosi bizga qo'l keldi. Uni xato qilishga majbur qildik desa ham bo'ladi. Har bir o'yin biz uchun finalga teng, har bir o'yinga so'nggisidek etibor qaratamiz. Endi FIFA kunlari davomida biroz tanaffus qilamiz va biroz dam olganimizdan so'ng keyingi tayyorgarlikni boshlaymiz.

- Bugun "Paxtakor" futbolchilari o'zaro paslarda bir necha marta noaniqliklarga yo'l qo'yishdi. Kiritilgan gollar ham raqib himoyachilarining xatolariga evaziga yuzaga keldi. Bugun siz qo'llagan taktika qanchalik o'zini oqladi deya olasiz?

- Raqib himoyachilarini xato qilishga menimcha biz majbur qildik. SHu sabab ham gollar yuzaga keldi. Bizning harakatlar evaziga raqib bu xatolarga yo'l qo'ydi. Yuqori pressing sabab biz o'z maqsadimizga etishdik. Bugun biz yaxshi o'yin, yuqori xohish evaziga g'alaba qozondik. Aynan shu narsani men o'yindan oldin yigitlardan so'ragandim.

- Bugun "Paxtakor"ning juda ko'p o'yinchilariga tibbiy yordam ko'rsatildi. Bu bugungi o'yin bilan bog'liqmi, yoki oldingi mashg'ulotlardagi zo'riqish asoratimi?

- Men bugun bu narsani sezganim yo'q. Bir necha vaziyatlarda to'qnashuvlar yuzaga keldi xolos. Umuman olganda yigitlarning hozirgi jismoniy holatlari juda yaxshi. Bugun raqib ham, biz ham vaqt cho'zishga umuman intilmadik. Muxlislar bugungi o'yindan qoniqdilar deb o'ylayman, sababi bugun jonli o'yin ko'rdik. Yana qaytaraman, bugun futbol o'ynashni, kombinaciyalar qilishni xohlagan ikki jamoa to'qnash keldi. 

- Bugun ikkinchi taymda uchta himoyachi bilan harakat qildingiz. "Navbahor"ga qarshi ham shunday harakat qilgandingiz. Mavsumni shu uch himoyachi bilan o'ynab tugatsa bo'lmaydimi? Sababi, aynan shu holatda jamoa yaxshi o'yin ko'rsatmoqda...

- Ko'ramiz. Nega bunday bo'lmasligi kerak? Men har doim o'yindan keyingi matbuot anjumanida biz har doim taktikamizni o'zgartirib turishimiz haqida gapirmoqdaman. Biz vaziyatga qarab ish qilamiz. Aynan shuning uchun ham men shu erdaman. Mashq qilmoqdamiz, yigitlarga o'rgatmoqdamiz. Istalgan vaziyatda jamoa o'yinini shunga moslashtirishimiz mumkin. Bu o'yin davomida yoki o'yindan oldin ham bo'lishi mumkin. Biz uchun bu muammo emas. Keyinchalik qanday harakat qilishimizni tanaffusdan so'ng bilib olamiz. Jamoadagi ko'pgina futbolchilar terma jamoalarga yo'l olishadi va ular qaytganlaridan so'ng vaziyatga qarab ish tutamiz.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика