So’nggi yangiliklar

16:03"Манчестер Сити" Украина терма жамоаси ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  0 15:34Роналду яқин орада фаолиятини тугатиш ниятида эмас  1 15:08Артета: "Арсенал" сўнгги уй ўйинида АПЛни ютишини орзу қилгандим"  1 14:45Breaking! "Манчестер Юнайтед" Матеус Кунья билан шартнома имзолашга яқин!  2 14:27"Лочинлар" "қалдирғочлар"нинг "қанотини қайирган" ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  1 14:18Валерий Седунов вафот этди  1 13:51"Қолишимни кутмагандим". Салоҳ – шартномаси ҳақида  0 13:22"Айнтрахт" Беллингемга кўз тикди  8 12:56"Манчестер Сити" икки футболчи учун 180 млн фунт сарфлайди  18 12:29Камолиддин Тожиев: "Педро Морейра клубдан кетдими? Раҳбариятдан сўраганингиз маъқул"  7 12:26"Насаф"нинг Қўқондаги ғалабали ўйинидан ГАЛЕРЕЯ  0 11:52Криштиану Роналдунинг ўғли финалда дубль қайд этиб, Португалияга ғалаба келтирди  17 11:25Лапорта Ямаль билан шартнома ҳақида: "Ҳамма нарса келишиб олинди"  26 10:59Роналдуга кутилмаган жамоадан таклиф тушган. У клублар ўртасидаги ЖЧда иштирок этиши мумкин  5 10:32“Арсенал“ ёзда учта йирик трансферни амалга оширмоқчи  3

Maestro o'rniga maestro. "Barselona"da Inestaning o'rnini egallay oladigan 5 futbolchi Yangiliklar

Maestro o'rniga maestro. "Barselona"da Inestaning o'rnini egallay oladigan 5 futbolchi

22 yil davomida "Barselona" sharafini himoya qilgan La Masiya tarbiyalanuvchisi Andres Inesta "Real Sosedad"ga qarshi bahsda Kataloniya klubidagi so'nggi o'yinini o'tkazdi.

Klub hurmatga loyiq futbolchi bilan munosib xayrlashdi. Inesta jamoani tark etmoqda va endi klub rahbariyati yozgi transfer oynasida uning o'rniga futbolchi topishi kerak bo'ladi.

Artur bilan kelishib olingan va Antuan Grizmann transferi deyarli amalga oshgan bo'lsada, "Barselona"ga Inesta kabi o'yinni boshqara oladigan yarim himoyachi lozim.

Dunyoning eng yaxshi yarim himoyachisi o'rnini egallash oson emas, biroq Kataloniya klubi kelasi mavsum yuqori o'rinlar uchun kurashmoqchi bo'lsa, transfer amalga oshirishi shart. Iyun oyida jahon chempionati boshlanadi va ushbu mundialda kerakli futbolchini tanlab olish qiyin bo'lmaydi.

#5 Antoni Marsyal

Ha, savol paydo bo'lgani aniq. Ijodkor yarim himoyachi o'rniga vinger kelishi to'g'rimi?
Ha.
"Barselona" yozda Neymardan ayrildi va uning o'rnini Usmon Dembele va Filippe Koutino bilan to'ldirdi. Biroq muammo shundaki, Dembele chap emas, o'ng qanotda yaxshiroq harakat qilyapti, Koutino esa asosan Inesta o'rniga tushib, yarim himoyachi vazifasini bajarmoqda.
Marsyal Kataloniya klubiga o'tsa, bo'sh qolgan chap qanotni to'ldiradi. U mavsum davomida o'z joyi uchun kurashdi, biroq Mourino franciyalikni asosiy tarkibga kiritmay qo'ydi. Mish-mishlarga ko'ra, Marsyal MYUning yangi shartnomasini tark etgan va yozda klubini o'zgartirmoqchi. Franciyalik forvard "Monako"dan "Yunayted"ga o'tganidan so'ng, faoliyatida pasayish kuzatildi, Dide Desham xatto uni JCH-2018 uchun Franciya terma jamoasiga chaqirmadi.
Futbolchining iqtidoriga shubha yo'q, u maydonga tushganida doimo o'zini ko'rsata olgan. Uning oyoqlari chaqqon, to'pni yaxshi nazorat qiladi va to'g'ri qaror qabul qila oladigan o'yinchi.
Marsyal Inesta o'rnini egallay olmasligi mumkin, ammo u chap qanot hujumchisiga aylanadi va Koutino yarim himoyada o'ynaydi.


#4 Miralem Pyanich

Ayni damda Miralem Pyanich dunyoning eng yaxshi markaziy yarim himoyachilardan biri. Assist? Gol? Jarima zarbalari? Pyanich bu ishlarni do'ndiradi. Futbolchi yana bir ajoyib mavsumni yakunladi. Bosniyalik bu futbol yilida "Yuventus" safida 14ta golli pas berib, 7ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.
Uning maydonni ko'rishi, to'p bilan harakatlanishi va reydlari "Barselona"ga mos futbolchi ekanligini isbotlaydi. O'yinchi 28 yoshda va Pyanichning Kataloniya klubiga o'tadigan vaqti keldi. Miralem 28 mln. evro evaziga "Roma"dan "keksa sinora"ga o'tgan, endi turinliklar uni 70 mln. evroga pullashi mumkin.
Jamoada Buskets va Rakitich kabi yarim himoyachilar bo'lishiga qaramay, Pyanichning qo'shilishi hujumga rang-baranglik beradi. Miralemda Inestadagi kabi dribling bo'lmasada, bosniyalik bu kamchilikni o'yinni boshqarishi bilan to'ldirishi mumkin.
Yozda "Barselona" yarim himoyasida o'zgarishlarga muhtoj va Ernesto Valverde bu malumotni tasdiqladi. Kataloniya klubi bazi futbolchilar tark etadi va ko'k-anorranglilar "Roma" sobiq yarim himoyachisini o'ziga jalb qilish uchun kerakli ishni qila olishadi.


#3 Frenki De Yong

"Ayaks"ning yosh yarim himoyachisi Gollandiya chempionatining 22ta uchrashuvida 8ta golli pas berib, mavsumni ajoyib yakunladi.
U himoyaviyroq rolda bo'lsa ham, Inestaning yoshligini eslatib, hujumga o'tishni yoqtiradi. De Yong etuk futbolchi bo'lmasada, u yuqori saviyaga chiqishi uchun bir yoki ikki mavsum kerak bo'ladi. "Barselona" tezda uni o'ziniki qilib olishi lozim.
Frenki De Yong Kataloniya klubi yarim himoyasida ekrinlikka ega bo'ladi va kelajakda 8 raqam poziciyasini egallashi mumkin.


#2 Kristian Eriksen

Daniyalik yarim himoyachi "Ayaks"dan "Tottenxem"ga o'tganidan so'ng, Evropaning ko'plab grandlari etiboriga tushdi. U Maurisio Pochettino jamoasida Garri Keyn, Dele Alli kabi almashtirib bo'lmas futbolchilardan biriga aylandi.
U taktik jihatdan kuchli, "Barselona" futbolchilari kabi pozicion o'yinni xush ko'radi. To'p bilan yaxshi harakat qila oladigan Eriksen Kataloniya klubi uchun ajoyib transferga aylanishi mumkin.
Kristian Eriksen maydonda bo'lsa, uning pleymeykerlik qobiliyati bilan jamoa osonroq harakatlanadi.
Daniyalik joriy mavsum APLning 37ta o'yinida 11ta golli pas berib, 10ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.
26 yoshli yarim himoyachi "Barselona"dan bo'ladigan taklifga yo'q deyishi qiyin bo'lsa kerak.



#1 Tyago Alkantara

Qachonlardir Tyago Alkantarani Xavi va Inestaning izdoshi deb atashardi, ammo ispaniyalik 2013 yilda 25 mln. evro evaziga Gvardiola ketidan "Bavariya"ga o'tdi. Ushbu transferdan so'ng klub muxlislari jamoa rahbariyatini yomon ko'rib qolishdi.
Endi "Barselona farzandi"ni qaytarish vaqti keldi. Bu xarid yangilik bo'lmaydi, chunki Sesk Fabregas va Xerard Pikelar Kataloniya klubi safiga ikki martadan qo'shilishga ulgurishgan. Tyago Inesta uchun ajoyib mersoxo'r va mish-mishlarga ko'ra, u Ispaniyaga qaytmoqchi. Alkantarada "Barselona DNK"si bor.
"Bavariya"ning CHempionlar ligasidagi muvaffaqiyatsizligidan so'ng, Tyago uyga qaytishni istab qolishi mumkin.

Reyting: +28   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика