So’nggi yangiliklar

17:27Суперлига. "Машъал" - "Шўртан". Таркиблар маълум  0 17:22Вадим Абрамов: "Андижон" Азмиддинов қизил карточка олгани учун биз билан ҳозир ўйнашга рози бўлмади"  2 16:52ЖЧ-2026 фаворитлари айтилди. Ўзбекистон қайси ўринда?  4 16:24Франция терма жамоаси собиқ дарвозабони фаолиятини якунлади  0 15:556 минг сиғимли стадион "Барса" – "Валенсия" учрашувини қабул қилади. Ла Лига рози  2 15:28"Реал" собиқ футболчиси Гонконгга кўчиб ўтди  0 14:54АПЛ топ-клублари "Барселона" вундеркиндини сотиб олмоқчи  4 14:27Чемпионлар Лигаси 2026/27 йилги мавсум финали Мадридда ўтказилиши мумкин  4 14:05Суперлига. "Насаф" — "Бухоро" 5:0  1 13:57Тимур Кападзе: "Атрофдаги воқеалардан жуда чарчадим"  94 13:34Ямаль: "Олтин тўп"ларим кўп бўлишини орзу қиламан"  5 13:06Аёллар ОЧЛ гуруҳ босқичига қуръа ташланди: "Севинч" Эрон, Хитой ва Ҳиндистон жамоалари билан ўйнайди  4 12:49ЖЧ-2022 ярим финалчиси Ўзбекистон билан ўртоқлик ўйини ўтказмоқчи  12 12:20"Насаф" "Бухоро" дарвозасига 5 та тўп йўллаган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  1 11:55Аргентина ва Албания ирқчилик туфайли 6 хонали сондан иборат жаримага тортилди  4

Lyubinko Drulovich: "Baxtliman" Yangiliklar

Lyubinko Drulovich: "Baxtliman"

U-23 Osiyo chempionati doirasidagi BAA - O'zbekiston (1:5) uchrashuvidan so'ng Lyubinko Drulovich matbuot anjumanida qatnashdi.

"Men baxtliman. Juda xursandman. O'ylashimcha bugun jamoam katta ish bajardi. O'yin avvalida darvozabonimiz ajoyib seyv ijro etdi. Keyin hisob 1:1 bo'lganda biz ustunlikni qo'lga oldik.

O'zbekistonda chempionat noyabrda tugagandi. Bu orada o'yinchilar ozroq dam olib, keyin bir oylik yig'inga kirishishdi. Ularni jismoniy holatini nazorat qilish qiyin bo'ldi. Uchrashuvlarda ham kuchni to'g'ri taqsimlashga harakat qildik. Keyinchalik ham shunday ishlaymiz.

Men gol o'tkazganimizda ham xotirjam edim. CHunki shogirdlarim gol urish salohiyatiga ishonardim. Biz ham ruhan, ham jismonan tayyor edik. Ayniqsa hujumimiz bugun albatta gol urishiga ishonch bor edi. Endi shu tariqa davom ettirishimiz kerak.

O'ylashimcha Evropa futbolidan nimadir olib kira olganmiz. Portugaliya futbolida ko'p ishladim. Menga hujumkor futbol yaqin. O'zbekiston ham shunday o'ynaydi. Ijrochilar ham bor. Bizda amaldagi chempionlar bor. Ularning ishonchli o'yini muhim. Mana shunday jamoani shakillantriganimizdan juda baxtliman. Bizni oldinda Saudiya Arabistonidek kuchli terma jamoa bilan o'ynaymiz. Ular bilan o'rtoqlik o'yinida 2:2 hisobida durang qayd etganmiz. Ularda tiklanish uchun bir kunga ko'proq vaqt bor. Ammo biz ham bu farqni yo'qqa chiqarishga tayyor bo'lamiz", - deydi Drulovich.



Reyting: +204   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика