Lyakazett: "Kiyinish xonasida so'zim o'tishi uchun menga sardorlik bog'ichining keragi yo'q"
09 iyu 2022 21:53
Yangiliklar
Lyakazett: "Kiyinish xonasida so'zim o'tishi uchun menga sardorlik bog'ichining keragi yo'q"
Hujumchi Aleksandr Lyakazett bugun rasman "Lion"ga qaytdi.
U "Arsenal"ga o'tishdan oldin aynan shu klubda o'ynagan.
Futbolchining so'zlariga ko'ra, u jonajon klubida iliq kutib olinganidan xursand.
"Evrokuboklarda ishtirok etmasligiga qaramay, bu klub loyihasi men uchun hamma narsadan muhimroq. Men kiyinish xonasida ham, maydonda ham o'zimni foydali his qila olaman, shuning uchun "Lion"ga o'tish – eng yaxshi qaror!
Bu emocional qaytish. Mavsum boshlanishini sabrsizlik bilan kutaman.
Avvalo, klubga yana yuqori pog'onaga chiqishiga yordam bermoqchiman. Kiyinish xonasida so'zim o'tishi uchun menga sardorlik bog'ichining keragi yo'q... Ketganimdan keyin ko'p o'zgarishlar bo'ldi. Klub muvaffaqiyatli rivojlanmoqda", – dedi u.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar