Lukaku: “SHu ruhda davom etishimiz lozim”
03 sen 2018 09:11
Yangiliklar
Lukaku: “SHu ruhda davom etishimiz lozim”
“Manchester Yunayted” hujumchisi Romelu Lukaku “Bernli” ustidan qozonilgan g'alabadan keyin o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Eslatib o'tamiz, bellashuvda Lukakuning ikkita goli evaziga “MYU” mavsumdagi ikkinchi g'alabasiga erishdi.
“Avvalgi turda “Tottenhem”ga qarshi bellashuvda juda ko'plab imkoniyatlarga ega bo'lsakda, ulardan foydalana olmagandik. Bugun bu xatolardan xulosa chiqarib, harakat qildik. “Tottenhem”dan uchralgan mag'lubiyat juda alamli bo'ldi. Bugun g'alabaga erishdik va shu ruhda davom etib, turnir jadvalida yuqori pog'onalarda borayotgan jamoalarga yaqinlashib olishimiz darkor”, deydi Lukaku.
Fikrlar