Luka Modrich: "Oltin to'p" haqida ko'p o'ylayotganim yo'q, jamoa muhimroq"
20 sen 2018 17:40
Yangiliklar
Luka Modrich: "Oltin to'p" haqida ko'p o'ylayotganim yo'q, jamoa muhimroq"
"Real" xavbeki Luka Modrich "Roma"ga qarshi bahsdagi g'alaba (3:0) haqida fikr bildirdi.
"Jamoaning o'yini va g'alabadan juda ham xursandman. Biz ko'plab vaziyatlar yaratdik va 3tadan ko'proq gol urishimiz mumkin edi.
Jahon chempionatidan so'ng ruxan va jismonan charchagan edim, ammo kundan-kunga o'zimni yaxshi his qilib boryapman.
Kasemiro va Kroos bilan o'zimni yaxshi his qilaman. Uch yildan ortiqroq vaqt mobaynida ular bilan birga o'ynaymiz va ko'zimizni yumib ham bir-birimizni topa olamiz.
"Oltin to'p"? Muxlislar va vatandoshlarim menga ovoz berganidan xursandman, ammo sovrin haqida ko'p o'ylamayapman. Jamoa hammasidan muhim.
Agar "Oltin to'p"ni qo'lga kiritsam xursand bo'laman, ammo aksi bo'lsa, hayot bu bilan to'xtab qolmaydi" - deydi Modrich.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar