So’nggi yangiliklar

13:40"Атлетик" футболчиси антидопинг қоидасини бузгани учун 10 ойга дисквалификация қилинди  0 13:11Инфантино Эрон АҚШдаги ЖЧда қатнашишига кафолат берди  3 12:45Эшитдик-да! "Бунёдкор" "Олимпия" стадионида ўйнайди  7 12:21"Истиқлол" бош мураббийи Ашурматов ва Машариповнинг жароҳати ҳақида тўхталди  0 11:52Жанни Инфантино: "Шавкат Мирзиёевнинг футболга бўлган муҳаббати сўнгги икки йил ичида янада кучайганини кўриб хурсанд бўлдим"  3 11:25Эронлик эксперт: "Юсуфи майдондан тўғри четлатилди, Алижонов ва пенальти бўйича қарор ҳам ўринли, бироқ..."  30 10:41Испания терма жамоаси ҳужумчи бир ойга сафдан чиқди  1 10:05Луис Суарес Лига кубоги финалида рақибига тупургани учун МЛСда учта ўйинга дисквалификация қилинди  5 09:38Расман. АПЛдаги илк истеъфо содир бўлди  9 08:55Бугун U-17 терма жамоамиз Марокашга қарши майдонга тушади  5 08:26Бугун Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Осиё кубогига йўлланма олиши мумкин  13 07:58ЖЧ-2026. Яна бир терма жамоа мундиал йўлланмасини қўлга киритди  3 07:30Юртбошимиз ташриф буюрган, Ўзбекистон МТЖ чемпионликни қўлга киритган мусобақанинг тақдирлаш маросимидан ФОТОГАЛEРEЯ  3 07:13CAFA Nations Cup-2025. Ўзбекистон - Эрон 1:0  26 02:00ЖЧ саралаши. Италия Исроил дарвозасига 5та гол урди, Швеция кутилмаганда мағлубиятга учради  14

"Lujniki" stadioni haqida nimalarni bilishimiz kerak? Yangiliklar

"Lujniki" stadioni haqida nimalarni bilishimiz kerak?

Teglar :  JCH-2018Lujniki
JCH-2018ning eng asosiy arenasi "Lujniki" haqida nimalarni bilishimiz kerak?

• JCH-2018ning 7ta o'yini, shu bilan birga ochilish va yopilish marosimi ham “Lujniki” stadionida bo'lib o'tadi.
• To'rt yillik qayta tamirlash ishlaridan so'ng, xozirda 80 ming tomoshabin stadionga tashrif buyurishi mumkin.

Ana-mana deguncha Jahon CHempionati boshlanishiga ham to'rt oygina vaqt qoldi. Nafaqat 32 jamoa, balki millionlab futbol ishqibozlari bu onlarni intiqlik bilan kutmoqda. Bugun uchrashuv olib boriladigan maydonlardan biri haqida suhbatlashamiz. Ha, bu siz bilgan o'sha “Lujniki” stadioni.


O'yinlar

“Lujniki”ni mundial bo'lib o'tadigan asosiy maydonlardan biri deya etirof etish mumkin. Bu erda turnirning ochilish marosimi hamda o'yini, guruh bosqichidagi uchta o'yin, 1/8 final o'yini, yarim final va final bellashuvlari bo'lib o'tadi.



Imkoniyatlari

Jahon CHempionatigacha tamirlangan “Lujniki” stadioniga endilikda 80 000 tomoshabin kelishi mumkin. To'rt yil davom etgan qayta qurilish ishlarigacha, stadion 78 000 odam uchun mo'ljallangan edi. 1950-1960 yillarda esa SSSR termasining o'yinlari “Lenin” nomidagi markaziy stadionda (“Lujniki”ning avvalgi nomi) o'tkazilar edi. Stadion sig'imi 100 000 tomoshabinga mo'ljallangandi.


Joylashishi

“Lujniki” tabiatning go'zal manzaralari jo bo'lgan maskanda, 180 gektardan ortiq hududni egallagan Olimpiya kompleksi hududida joylashgan. 10 mingdan ortiq moskvaliklar sportning bir necha turi bilan aynan “Lujniki” stadionida shug'ullanishadi. Bu joy hozirgi kunda oilaviy sayr va dam olish uchun ajoyib joy hisoblanadi.



Bilasizmi?

2013 yil yozda engil atletika bo'yicha jahon chempionti tugaganidan so'ng, arenaning qayta qurilish ishlari boshlangan. Tamir jarayonida stadion faqatgina futbol uchun moslashtirildi: yugurish yo'lakchalari olib tashlandi, tomoshabinlarga halaqit qiladigan ustunlar olib tashlandi. Stadion tomida ham o'yinni kuzatish uchun barcha sharoitlar yaratildi.


Dastlabki o'yinlar

Yangi “Lujniki”dagi birinchi o'yin 2017 yilning 11 noyabr kunida bo'lib o'tgan. O'sha kuni Argentina jamoasi Rossiya termasi bilan bahs olib bordi. O'yin argentinaliklarning 1:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlangan edi. Navbatdagi uchrashuv 23 mart kuni Rossiya termasi va Janubiy Amerikaning boshqa bir grandi — Braziliya termalari o'rtasida bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.



Meros

“Lujniki” doim mamlakatning asosiy arenasi bo'lib kelgan. Milliy terma jamoa mehmonlarni asosan shu stadionda kutib oladi. JCH-2018dan so'ng, stadion o'z maqomini saqlab qoladi deb umid qilamiz.




Nozima Zaripova tayyorladi

Reyting: +33   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика